Kirish. 2 I bob Obraz va Prototip Isajon Sultonning"Alisher Navoiy"asari asosida


II bob. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" Asari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix24.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#192652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Obraz va prototip Isajon Sulton

II bob. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" Asari. 
2.1. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" asaridagi umumiy tasviri, san'atiy 
qirralar va asosiy mavzular 
Badiiy asarning yaralishi ijodkordan katta mahorat talab qiladi. U 
muallifning tinimsiz mehnatlari, izlanishlari, uyqusiz tunlari, halovatsiz hayoti, 
buyuk istedodining samarasi o‘laroq maydonga keladi. Asar yozish ijodkordan 
tengsiz mahorat, malaka, matonat va qobiliyatni talab qiladi. Mana shu 
xislatlarning bir yozuvchida jamlanishi badiiy ijoddagi eng nodir va ulkan hodisa 
sifatida baholanadi. Chunki, yozuvchilarning ayrimlari chinakam iste’dod egalari 
bo‘lsa, boshqalari mashaqqatli mehnatlar orqali yozuvchilik maqomiga erishadilar. 
Mana shunday nodir ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Isajon Sulton o‘z 
davrining buyuk adib va mutafakkiri bo‘lib, uning asarlari adabiyot tarixida 
o‘chmas iz qoldirgan. Ushbu sharhda biz uning eng muhim asarlarini va ularning 
zamonaviy madaniyatga ta'sirini ko'rib chiqamiz. 
Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich)
(1967-yil 6-aprel, 
Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Rishton tumani, Avazboy qishlogʻi) — 
yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2021)
[1]
, Oʻzbekiston Respublikasida 
xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Isajon Sultonov 1967-yil 6-aprel Fargʻona 
viloyatining Rishton tumani, Avazboy qishlogʻida dunyoga keladi. Boʻlajak 
yozuvchi oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirgach, 1990-yilda Toshkent Davlat 
universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning `Munojot“ (`Choʻlpon“ 
nashriyoti, Toshkent) nomli birinchi qissasi ham shu yili nashr etilgan. U 1996-
yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. Isajon 
Sultonning hikoyalari `Sharq yulduzi“, `Xalqlar doʻstligi“, `Intellegent. Sankt-
Peterburg“ (Rossiya), `Russkor pole“ (Moldova), `Lexikon“ (AQSH), " `Kurgan 
Edebiyat“ (Turkiya) va b. nashr qilingan. `Boqiy darbadar“, `Ozod“ romanlari 
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti bilan taqdirlangan (2012). 
`Oydinbuloq“ va `Suvdagi kosa“ hikoyalari `XX asr oʻzbek nasri antologiyasi“ga 
kiritilgan. Nashr etilgan kitoblari: `Munojot“(1990-yilda), `Boqiy darbadar“ (2010-


12 
yilda), `Ozod“ (2012-yilda), "Bogʻi Eram: (2015-yilda), `Tanlangan asarlar“ (ikki 
jildlik , 2017-yilda), `Hazrati Hizr izidan“ (2018-yilda), `Bilga xoqon“ (2019-
yilda), `Alisher Navoiy“ (2021-yilda), `Maʼsuma“ (2022-yilda) yozgan. 
Zamonaviy adabiyotshunosligimiz bugungi kunda o`zgacha bo`y 
ko`rsatmoqda. Yozuvchilarning o`zgacha uslubi, o`zgacha yondashuvi 
adabiyotshunosligimiz rivojiga o`z hissasini qo`shib bormoqda. Isajon Sultonning 
“Alisher Navoiy “ romani esa shunday kitoblardan biri desak mubolag`a 
bo`lmaydi. Isajon Sultonning ”Alisher Navoiy“ romanida voqealar birgina voqea 
atrofida yuz bermaydi. Asarda juda ko`p voqealar, turli xil taqdirlarga duch 
kelishimiz mumkin. Syujetning xilma-xil voqealarga boyligi asarning qiymatini 
oshiradi. Bu esa o`z navbatida muallifning yutug`idir. Boisi asarning kitobxoni 
ko`p bo`lishi, asarni yanada qiziqarli bo`lishiga xizmat qiladi. Kitobxon diqqatini 
jamlab, uni fikrlashga da`vat etadi. 
Oybekning “Navoiy“ romani 37 bobdan iborat bo`lsa, Isajon Sultonning 
“Alisher Navoiy“ romani esa 4 bobdan iboratdir. Muallif Alisher Navoiyning 
“Hazoyin –ulmaoniy “ ya`ni “Chordevon” kabi 4 qismdan tashkil topgan. Asar 
qismlari “G`aroyib –ul sig`ar”, ”Navodir –sh -shabob”, ”Badoe-ul-vasat”, 
”Favoyid-ul-kibar” deya nomlangan. Muallif har bir bobda Navoiy hayoti fasllarni 
voqealar asosida yoritib beradi. Aynan nomlanishida ham Alisher Navoiyga 
izdoshlikni ko`rishimiz mumkin 
Shuningdek, Isajon Sulton romanning “Muqaddima“ qismida mumtoz 
adabiyotimizdagi “Hamd va Na`t” lar kabi Ollohning yaratuvchanligiga madhiya 
bitish bilan boshlangan. Bu esa adabiyotimizda chin ma`nodagi yangilikdir. Isajon 
Sultonning yutug`i shundan iboratki, u qanchadan beri unutilayotgan, 
adabiyotimizning asriy a`nanasini davom ettirdi. Muallifning Ollohga murojaati 
ham o`zgacha ohangdor. ”Parvardigorim! U poyaga g`ijim shoyi bo`lib yaproq 
yozishni buyurding, yaprog`ini yoygach, uni tekislading, beqiyos rang-u tus va ifor 
ato etding. Kunlar o`tib, quyoshning tig`iz xaroratiyu kecha muloyimligi aro unga 
shunday ajoyib hayotni hadya qilding, so`ng unga “So`zla va menga hamdu sano 


13 
ayt!” desang ularning bari so`z aytish o`rniga chaman-chaman gul ochib 
yuborishdi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin