Giyohga, maysaga, yaprog`u gulga, qurququshga shunday baxtiyorlik berding.
Go`zalligiga, betakrorligiga turfa iforiga, borlig`iga beqiyos san`atini ham
joylading.
U san`at shunchalar mukammalki, har shaklda namoyon bo`lib turadi.
Inson bolasiga ham o`xshashi yo`q baxtlar ato etding, hayvon jasad ichra
to`lg`in qalb yaratding, uni zavqu hayratlarga, dardu iztiroblarga, o`ylaru
hikmatlarga oshno qilib qo`yding, ko`z ustiga yana bir ko`z, quloq ustiga yana bir
quloq, til ustiga yana bir til, yurak ustiga yana bir yurak berding va unga ham
“So`zla!” deding. Bularning barini birgina ”Bo`l” degan hukming bilan qilding,
qudratimdan qo`rqishing, hayratlanishing, zavqlanishing va maqtovingdir deding,
ularga o`z cheksiz qudratingdan, san`atkorlikni ham hadya qilding. Son-sanog`i
yo`q so`zlarni o`rgatding, har so`zga bir tilsim jo aylab, bag`riga o`z dargohingdan
qudrat jo aylading. Ne`matlaring beqiyos edi, shu ne`matni ham berding, buni
nechun qilding, Parvardigorim?..
Kitobni mutolaa qilar ekansiz, Isajon Sulton Navoiy obrazini, shaxsiyati va
ijodini yaratishda, ”Quron Karim” va ko`plab Islomiy ma`lumotlarni ham chuqur
o`rganib, so`z mulkining sultoni Navoiy tafakkuri va ezgu ishlarini ochib berishga
muvaffaq bo`lgan.
Alisherning bolaligi, yoshlik yillari, o`rta yoshda ko`rgan kechirganlari va
keksalik pallasidagi foydalari romanda o`z aksini topgan. Lekin, 4 qism romanda
katta o`rinni egallagan. ”Xamsa” ning yakunlanishi, ”Muhokamat ul–lug`atayn”
muhokamalari, ”Lison-ut tayr” hayajonlari aynan shu bobda o`z aksini topgan.
Bilamizki, badiiy asar syujeti, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya,
yechimlardan iborat. Yuqoridagi unsurlarga Isajon Sultonnning “Alisher Navoiy”
romanidan qarab chiqsak. Tugun voqealar rivoji va kulminatsiya syujetning
14
asosidir. Yuqoridagi unsurlar har qanday syujetda aks etadi. Tugun esa zaruriy
unsurdir. Ekspozitsiya, yechim ba`zi bir syujetlarda bo`lmasligi mumkin. Bu
muallifning ijodiy niyatiga, o`zgacha talqiniga muoviq holda beriladi. Har qanday
asar syujeti voqealar asosiga quriladi. Voqealar o`z navbatida qahramonlarning
hatti-harakati, shaxslararo munosabat, ziddiyatlari va suhbatlaridan tashkil topadi.
Ularni kerakli joyda qo`llash kitobxon ongida bir chiziqda jamlash uchun muallif
syujetda ifodalaydi. Syujetda badiiy asardagi qahramonlar xarakteri, ichki dunyosi
ochilib boradi. Kitobxon uni yanada yaxshi tanib olishiga imkon yaratiladi.
Badiiy asar, yaratiq ijodkor o`y hayollarining fikratining mahsuli, u inson
va jamiyat, shaxs taqdir yo`li, o`y kechinmalarini qorishiq tarzida ifodalaydi. Har
bir asarda hayotimizda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan voqea va hodisalar badiiylik
qonuniyatlari asosida kitobxonga namoyish etiladi. Asarda odatda o`rtaga
tashlangan muammolar kitobxon e`tiboriga havola etilar ekan, u o`z navbatida asar
yaratilgan davr, muhit bilan chambarchas, bog`liqdir. Badiiy adabiyotning rivojida
so`z ustalarining kitobxon ong-u shuurini naqadar zabt eta olgani, insonning
ma`lum tarixiy sharoit, ijtimoiy muhit, davr munosabatlarini to`g`ri talqin qilishda
namoyon bo`ladi.
XXI asr o`zbek nasrida shaxs ruhiyati, undagi xilma-xillik yangi bosqichga
chiqdi. Taraqqiyot mavjlari, istiqlol odimlari yana bir bor navoiy obrazini
gavdalantirishni taqozo etdi. Zero, buyuk insonlar kelajak avlodlar uchun ham
munosib o`rnakdir.
Asar yuqorida aytganimizdek, 4 qismdan iborat va har bir qismi bir biriga
bog`liq voqea va hodisalarni jamlagan. Xususan, 1-qism “G`aroyib us-sig`ar”da
“Hiriy 849”, ”Havzi mohiyonda bir tantana”, ”Go`zal bir oqshom”, ”Hiriyda bir
tong”, ”Bir boshqa olam”, ”Gul sayli”, ”Mantiq ut –tayr”, ”Hikmat fazilati
haqida”, “Shohrux Mirzoning o`limi”, ”Cho`li Iroq”, ”Abulxayrxon”, ”Taft: bir
ajoyib chol”, ”Dumli yulduz siri”, ”Orazin yopqoch”, ”Hiriy azimati”, ”Mavlono
Lutfiy “, ”Koshkda ikki yulduz”, ”Chopqin majlisi“, ”Maymana jangi”, ”Kelajak
bilan uchrashuv”, ”Qizil, sorig`, yashil”, ”Sayhatun-vahidatun”, ”Mashhadda
15
Qurbon hayiti”, ”Sulton Abu Said mirzoning tashrifi “, “Pahlavon Muhammad
zaforat”, ”Zulm”, ”La`l ham tosh, tosh ham tosh“ kabi bir biri bilan uzviy bog`liq
boblardan tashkil topgan. Shuni ham alohida ta`kidlash lozimki, muallif boblarni
ham o`zgacha nomlash, kitobxon lug`atida bo`lmagan so`zlarga murojaat qilib
kitobxon zehnini o`tkir qiladi. Birgina “Hiriy“ so`zini oladigan bo`lsak, adib
Hirotni ardoqlab erkalab shunday ifoda etadi. Qaranga qanday ajoyib hodisa.
Jonivorlarni, mavjudotlarni erkalaganliklari tanish holat, lekin bu hol baridan
o`zgacha. Muallif asarda juda ko`p tarixiy so`zlarga, joy nomlariga, qurol –aslaha,
kundalik turmush buyumlariga, liboslarga, taomlarga urg`u berib o`qirmandlar
bilimini yanada oshirib boradi.
“Alisher Navoiy“ romanida dastlab Navoiyninig bolalik yillari, maktab
saboqlari, tog`alari bilan bo`lgan suhbat, Husayn Boyqaro bilan bo`lgan suhbatlar,
shuningdek, Navoiyning oilasi, onasi, otasi, tog`alari, Qutb joriya va uning
atrofidagi voqealar qalamga olingan. Voqealar asosan Hiriyda bo`lib o`tadi.
Muallif ekspozitsiya ya`ni voqea –hodisalar yuz beradigan joyni shu qadar
mohirlik bilan ifodalaydiki, beixtiyor shu joyda hozir bo`lasiz.
Adib joy nomlarini ham alohida san`atkorlik bilan yaratadi. Hiriy, Hirirud,
Astrabod nomlariga ham to`xtalib o`tadi. ” Hiriy istehkom devorlari uzra rango –
rang matolar xilpirar, bayroqlar ilingan, karnay-surnay sadolari kelar, devor usti-yu
osti sipoh va odamlarga to`lgan edi”. Hiriy bu joy nomi. Xurosonliklar Hirotni
mehr bilan shunday atashgan. Adibning mahoratini qarangki, insonni o`zi
yashagan joyni ham sevib erkalaydigan so`zni topa oladi.
Asarda “Dumli yulduz“ voqeasi tahsinga sazovor. Navoiy roman davomida
“Dumli yulduz” ni 4 bora uchratadi. Mirsaid tog`oyi tomonidan “Aytadilarki, kim
quyrug`i tikka ko`tarilgan dumli yulduzni hayotida 3 bora ko`rsa, firdavs ul a`loga
kirarmish, Tangri hech shubhasiz bilguvchi“ deya o`zi bilmagan holda kelajagiga
ishora qiladi. Shuningdek, Navoiy hayoli “Xamsa“ bilan band ekanligi, u hayolan
qahramonlar og`ushida ekanligini ko`ramiz.” Kelajak bilan uchrashuv” bobida suv
chiqarayotgan Xusrav uni yanada ilhomlantiradi. Tanti, insonparvarligi bois
16
Xusravga yaxshilik qiladi, o`zi uchun tog`lardan suv chiqargan Farhodni kashf
etadi.
Muallif badiiy asarda g`oyani yuzaga chiqarishda syujetdan unumli
foydalaniladi. Syujetda voqealar va harakter birligi yetakchi. Asarda voqealar bir
syujet chizig`ida tutashtirilib yaxlit g`oyani ifodalashi zarur. Syujet tizimida
obrazlar ko`p. Lekin ularning har biri Navoiy obrazini yanada to`liqroq ochib
berishga qaratilgan. Syujet birligi badiiy asarda faqat katta-katta voqealargina
emas, balki mayda epizodlar, xatto detallarning ham ishtirok etuvchi shaxslarning
asosiy tomonlarni ochib berishga to`la xizmat qiladi. Asarda voqealar bir-biriga
bog`langan, ularning markazida Navoiy obrazi turadi. Romanning mazmuni,
syujeti, kompozitsiyasi juda mukammal. Voqea va hodisalar bir birini to`ldirib
yanada sayqal bergan. Muallif syujetning juda murakkab yo`lini tanlagan.
Oddiylikdan qochib murakkab yo`lni tanlaydi-yu, natijada muazzam asar yaratgan.
Asarning Muqaddima qismida Ollohga hamd va na`t, Ollohni ulug`lash uning lutfi
va karamidan so`z ketsa, Hiriy 849 yil bobida esa Navoiy va tog`asi Muhammad
Ali bilan kechayotgan sarguzashtlar ifodalanadi. Muallif asar boshidayoq nafaqat
Navoiy shaxsiyatini ochib berishga balki ijtimoiy-siyosiy hayotni ham ifodalaydi.
”Havzi Mohiyonda bir tantana” bobida Ollohning uyiga kisva ya`ni yopinchiq
yopishga muvaffaq bo`lgan xalqning quvonchi ifodalangan Shayx Nuriddin va
Shayx Shamsiddin ka`badan qaytganligini xalq xushkayfiyat bilan nishonlayotgani
tasvirlangan.
“Ka`baga yopinchiq yopish davlat kuch-qudratini bildiradi. Misr sultonlari
ham har kimga izn beravermaydilar. Sulton Shohrux Mirzo yigirma yil bu ishni
uddalashga urinib keldi, xatto orada musulmon haqini nega tan olmaysan deb,
Misrga qo`shin tortishga tayyorligini aytdi. Nihoyat bu qutlug` maqomga erishildi,
-deb uning gaplarini quvvatladi oq taylasonli mudarissifat kishi. ”Chindan ham
muqaddas Ka`bada ularning o`z qo`llari bilan tikilgan yopinchiq borligi
faxrlanishga arzirli hodisa edi. Bobda shuningdek, xalqning ijtimoiy hayoti, milliy
o`yin bo`lmish kurash, Alisherning hayratga to`la o`ylari ifodalangan.
17
“Hiriyda bir tong” va “Bir boshqa olam” bobida Alisher va Husayn Boyqaroning
do`stligi, sadoqatining ilk kurtaklarini ko`rishimiz mumkin. Navoiyning ilk ustozi
Kulohiy haqida ham shu bobda so`z yuritilgan asar davomida ham Ustoz Kulohini
uchratishimiz mumkin. Xattoki “Xamsa” ni ham Navoiy aynan shu ustozi bilan
quvonchini bo`lishadi. Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz joizki aynan shu
ustozi Navoiyning qalbiga so`zga muhabbat, uning naqadar durdona ekanligini
uqtirgan.
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy “romanida Navoiy obrazini asar
voqealar oqimidan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi. Badiiy asar syujetida
muallif ba`zi o`rinlarda ibratli hikoyalardan ham foydalanadi. Xususan,
Navoiyning ustozi Kulohiy tomonidan yosh navnihollar qalbiga Ollohning
buyukligi har damda itoatda bo`lishimiz lozimligi quyidagi rivoyat orqali bolalar
ruhiyatiga singdiriladi.” -Siz suratga emas, siyratga boqing. Ilm bir quyosh esa,
shayx o`z kitobini xoksorlik bilan “La`ma” deb atadi, -dedi mudarris -Istasangiz
bir misol keltiray. Qudratu adolatda tengsiz bir sulton bor edi. Uning ikki quli
bo`lib, biri aytilgan hamma ishbi bajarar, qolgan mahalda istirohatini qilib ayshini
surib yuraberardi. Ikkinchi qulning ham sultonga muhabbati va sadoqati beqiyos,
har damda uni yod etar, saroy eshigidan sira ketmas,ko`zi to`rt bo`lib uni kutar,
gohida sultonini ko`rib qolsa, muhabbati zo`rligidan xushdan ketib yiqilar edi.
Ayting-chi, qaysi qul sulton naznida muxibroq bo`lg`ay?
-Ikkinchisi albatta.
-Bu rivoyatda sulton-Tangri, qul esa insondir. Men aytgan kitoblar o`shanday
qullarning holidan ogoh etar. Bilingkim, faqir sizga bir kalid bermoqdaman. Ma`ni
qulflarining bir qanchasi ochilgaydir, inshoolloh. ”Muallif hikoyatni bejizga
keltirmaydi. Kitobga mehr chin qalbdan bo`lishi shundagina juda ko`p ma`nolar
tubiga yetishiga ishoralar bor.
Syujet chizig`ida “Dumli yulduz siri“ bobi ham ahamiyatlidir. -Vo ajab! -
deb xitob qildi Mirsaid Kobuliy. Dumli yulduzning ko`rinmog`i kishi o`g`liga
18
saodat yo falokat olib kelishi kishining burji, burjlarning falak toqidagi vaziyati va
yulduz dumining qay tarzda ekanligiga qarab bashorat qilinishidan xabardor edi.
Iroq ahli yulduz dumini tepaga yoxud pastga qaraganiga, qalin-yupqaligiga qarab
fol ochishardi. -Qarang yuksalgandan yuksalmoqda. Barcha yulduzlarni quyida
qoldirib uchmoqda!”
Bu voqea ham Navoiyning kelajakda chindan buyuk inson bo`lishiga
ishora. Zero, bola Alisher tili bilan aytganda “Uning boshqa yulduzlarga qaraganda
o`zga vazifasi bo`lsa kerak. Romanda timsol va ramzlar alohida ahamiyatga ega.
Ularning har biri o`ziga xos vazifa bajaradi. Xususan “Dumli yulduz” voqeasiga
murojaat qiladigan bo`lsak, Alisherning hayoti davomida qayta qayta yuzlashadi.
Hayotining turfa yillarida, turfa hollarda uchrashishadi. Lekin umuman olganda,
umri chiziqlari aynan xalq tomonidan aytilgan “Dumli yulduz”ni ko`rgan inson
o`zgacha istiqbolli, taqdiri ajib bo`lishiga ishonishgan. Chindan ham asar
davomida dumli yulduz shu istak bajarishga safarbar etiladi.
O`zbek zamonaviy adabiyoti roman poetikasida inson va tabiatning
uyg`unligi yaqqol sezilmoqda. Tabiat hodisalarining ifodasi inson ruhiyatiga mos
kelishi badiiy asar qiymatini yanada oshirmoqda. Joy va makon tasvirida tog`u
toshlar, adirlar, dala dashtlar, tabiatning uyg`onishi, inson ruhiyatidagi
evrilishlarga hamohang. Badiiy adabiyot insoniyat, tabiat, hayvonot va nabodot
olamini bir butunlikda ifodaklaydi. Ularning o`zoro uyg`unligi insoniyatni yanada
o`zini anglashga, taftish etishga undaydi. Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“
romanida
tog`, cho`l, shahar qishloqlar, turfa joylar qalamga olingan Adib ularni
bir chiziqda mohirlik bilan ifodalaydi, kitobxon also zerikmaydi. Asarda
ekspozitsiya ya`ni voqea hodisalar bo`ladigan makon g`oyat mohirlik bilan
yaratilgan. ”Mashhad Hirotdan yeti kecha kunduzlik yo`l edi. Orada vodiy-u
yaylovlar oralab, Saraxs tog`laridan o`tiladi. Karvondan yarim kunlik masofada
ilg`or sarbozlar borishar, karvon yetib kelmasidan to`xtash uchun joy hozirlab,
tevarak qishloqlardan ozuqa –g`anak va o`tin to`plashar, yana bir to`n sarboz ov
qilar chodirlar tikishardi. Aravalardagi o`n yigirma quloqli ulkan qozonlar
19
tushurilib, yer qazib o`rnatilar, bakovullar betlari qizarib osh damlashardi. Safar
asnosida hammaning kayfiyati chog`, oqshomlari qo`nilganda sulton chodiridan
kuy-navo eshitilar, hamma bir biriga hazil mutoyiba qilar edi. Yuqoridagi matnda
ko`rib turganimizdaek adib joylarni shu qadar jonli, kichik –kichik detallarni ham
shu qadar mohirlik bilan ifodalaydiki, kitobxon ko`z oldida beixtiyor gavdalanadi.
Isajon Sulton zamonaviy madaniyat va adabiyot rivojiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos uslubi, hayajonli syujetlari, falsafiy g‘oyalari butun
dunyo adabiyot ixlosmandlari qalbida mangu saqlanib qoladi. Isajon Sulton
nafaqat muallif, balki yozuvchi va kitobxonlar avlodiga ilhom manbai bo‘lib,
uning ijodi bundan keyin ham so‘z olamiga shodlik, ma’rifat olib kelaveradi.
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani murakkab tuzilishi, teran
badiiy xususiyatlari bilan kishini hayratga soladigan asardir. Ilk bor 2010-yilda
nashr etilgan asar qisqa vaqt ichida tanqidchilar va kitobxonlar e’tirofiga sazovor
bo‘lib, o‘zbek adabiyotining ulkan yutug‘iga aylandi.
Roman buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning tarjimai
holi asosida yaratilgan. Isajon Sulton o‘zining yoshlikdan to kechki balog‘at
yoshigacha bo‘lgan hayot yo‘lini, bilimga intilishi, san’atga mehrini, o‘zbek
madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yorqin ifodalaydi. Isajon
Sultonning romanchilik dahosi tarixiy haqqoniylik va adabiy fantaziyaning mohir
uyg‘unlashuvida namoyon bo‘ladi.
Asarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning ko'p qatlamliligidir.
Isajon Sulton Alisher Navoiy hayotining turli qirralarini turli obraz va davrlar
orqali ko‘rsatadi. O'quvchi voqealarning murakkab mozaikasini yaratib, bir-biriga
bog'langan va bir-biriga bog'langan ko'plab syujet chiziqlariga tortiladi. Biroq,
muallif syujetning rivojlanish sur'atlarini mukammal tarzda boshqaradi, uni chizib
qo'yish yoki hikoya buzilishining oldini oladi. Butun roman qahramonlarning
nozik psixologiyasi bilan sug'orilgan. Isajon Sulton bosh qahramonlar, ayniqsa,
Alisher Navoiyning ichki dunyosiga e’tibor beradi. O'quvchi uning his-tuyg'ulari,
20
fikrlari va motivlari haqida bilib oladi, bu uning xarakterini juda real va jozibali
qiladi. Shu tufayli romanga hissiy teranlik berilgan, personajlar o‘rtasidagi
murakkab munosabatlar va ularning ichki kurashlari ochib berilgan.
Asar mavzusi turli g'oyalar va muammolarga boy. Muallif muhabbat, san’at,
sadoqat, burch, insonning jamiyat bilan munosabatlari, an’analar kabi muhim
mavzularga to‘xtalib o‘tadi. Shuningdek, o‘z-o‘zini kashf etish, hayotda o‘z o‘rnini
topish, meros yaratish masalalariga ham to‘xtalib o‘tadi. Muallifning uslub va tilni
mukammal egallaganligi unga ana shu fikrlarning barchasini jonli va teran
yetkazish, ularga jon bag‘ishlash, zamonaviy o‘quvchi uchun dolzarb bo‘lib
qoldirish imkonini beradi.
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani o‘zining ajoyib tasviriy uslubi,
qiziqarli syujeti bilan kishini o‘ziga rom etibgina qolmay, inson hayotining muhim
masalalari haqida fikr yuritadigan asardir. Bu bizning ildizlarimiz, madaniy
merosimiz asrlar o‘tsa ham o‘z dolzarbligini saqlab, yangi avlodni san’at
yaratishga undashini yaqqol namoyon etadi. Bu romanda Isajon Sulton nafaqat
mashhur yozuvchi, balki yetuk tarjimon va xalq merosi posboniga ham aylanadi.
|