Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

I>1.>1); // a);. 
Ba’zan, o‘quvchilar she’riy yo‘l bilan reja tuzishga harakat 
qilishadi. Bunday rejalarni tuzish oson emas, albatta. Lekin har bir 
reja bandining she’riy tarzda berilishi aniqlikka, maqsadning to‘g‘ri 
ifodalanishiga monelik qiladi. Reja bandlaridan bir-ikkitasinigina 
mavzuga mos she’riy misralar orqali ifodalash mumkin. 
Mavzuga mos holda tuzilgan reja insho matnini mantiqiy 
izchillikda bayon etishga yordam beradi, insho qismlarining 
mutanosibligini ta’minlaydi. Shuningdek, ortiqcha takrorlar, 
mavzudan chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘ymaydi. Rejaning har bir 
bandiga javob yozishda mavzuni yoritish uchun misollar va sitatalar 
keltirish o‘rinli bo‘ladi. Sitatalar insho matnida o‘rtaga tashlangan 
fikrlarni dalillaydi. 
Xulosa qilib aytganda, insho rejasini tuzishda mavzu mohiyatini 
anglagan hamda o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilgan holda 
ish tutish lozim.
Tezis 
yunoncha 
thesis 
“qoida”, “isbot” ma’nolaridagi so‘z 
bo‘lib, “ilmiy asar, maqola, ma’ruza va sh.k.dagi asosiy g‘oyalarning 
qisqa va lo‘nda bayoni”; “haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan 
hukm, mulohaza, fikr”ni anglatuvchi birlik sifatida qayd etilgan. 
(O‘TIL, IV, 52)
Tezis mavzuning yoki matnning asosiy mohiyatini aks ettiruvchi
qisqa ifodalar bo‘lib, masalaning keng yoritilishini ta’minlovchi, 
yo‘naltiruvchi xarakterga ega bo‘lgan umumlashma fikrlardir. 
Tezis maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1. Matn mazmunini yorituvchi tezis (bunday tezislarning 
mohiyati “Qanday masalalar yoritilgan?” savoli mazmun-mohiyati 
bilan izohlanadi). Masalan, konferensiyadagi ma’ruza matninig 
qisqacha mazmuni shu tipdagi tezisga misol bo‘ladi. 
2. Matn tuzishga yo‘naltiruvchi tezis (bunday tezislarning 
mohiyati “Qanday masalalar yoritiladi?” savoli mazmun-mohiyati 
bilan izohlanadi). 
Insho tezisi ikkinchi turga mansub bo‘lib, muallif fikrini 
jamlash, aniq ifodalashga, izchillik maqsadiga xizmat qiladi. Insho 
tezisi reja bandlari asosida shakllantiriladi. Reja bandlari insho 


31 
mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, tezis ham shu darajada mukammal 
bo‘ladi.
Tezislar butun insho mazmuniga yo‘naltiradi, shu bilan bir 
qatorda yaxshi insho yozishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Fikrlar tezisi – bu inshoda siz isbotlashga urinayotgan munozarali 
nuqtayi nazarlardir. 
Tezislarning aniq bo‘lishi talab etiladi. Masalan, “O‘lim ular 
uchun fojia emas, balki azobli hijrondan qutqarguvchi xaloskor, 
pirovard maqsadlari bo‘lmish Yaratganning vasliga noil qiluvchi 
vosita edi”.
 
Ba’zan tezisda fikrlar borasida ma’lumot berish kerak bo‘ladi va 
bu bilan o‘quvchi maqsadga yo‘naltiriladi: “Navoiy Laylining o‘limi, 
otasining qahrini va ikki oila o‘rtasidagi nizolar tasvirini keltirib, 
yurak va aql doim turlicha harakat qilishini namoyon qiladi”.
Demak, inshoning yuzaga kelish jarayonini quyidagicha 
modellashtirish mumkin: 
mavzu→ reja → tezis →matn.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin