10—15%
70—80%
10—15%
Foiz
nuqtayi
nazaridan
inshodagi
qismlar
o‘rtasida
nomuvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kengaytirilib
yuborilgan bo‘lsa-yu, asosiy qism hajmi kam bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu
holat inshoning mazmuniga jiddiy darajada putur yetkazishi mumkin.
Inshoni baholayotganda, albatta, bular ham hisobga olinadi.
Kirish qismida o‘quvchi insho mavzusiga oid dastlabki
mulohazalarini bayon etadi. Odatda, inshoning
«Kirish»
qismida
yozuvchining hayoti va ijodi bo‘yicha umumiy, qisqa va aniq fikrlarni
bitish maqsadga muvofiqdir, shuningdek, bu qismda ma’lum bir
asarning yaratilish tarixi yoki g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida ham
yozish mumkin. Mavzuning dolzarbligi, uni izohlash, mavzuga
murojaat qilishdan maqsad shu qismda aks etadi
.
Masalan, “Ona yurt
tabiati” mavzusidagi inshoning kirish qismida ona tabiatning diqqatga
sazovor jihatlari va ona yurt tabiatining go‘zalligini asrab-avaylash
masalasining dolzarbligi dalillar asosida yoritiladi.
«Asosiy qism»
– inshoning eng muhim qismidir. Bu qismda
mavzu mohiyati ochib beriladi, inshoning mazmuni bayon etiladi.
“Ona yurt tabiati” mavzusidagi inshoning asosiy qismida tabiatning
sehrli jilvalari, badiiy adabiyotdagi talqini haqida so‘z yuritiladi.
O‘quvchi oddiy bayon yoki hikoya qilishdan qochib, tabiat
go‘zalligidan olingan eng yorqin taassurotlarini ta’sirchan ifoda etishi
lozim bo‘ladi. Tasavvurlarini yanada yaqqolroq aks ettirish uchun
tabiatning so‘lim, mo‘jizakor go‘shalariga xayolan sayr uyushtirishi,
ko‘z o‘ngidagi voqelikni tavsiflashi, tabiatning inson ruhiyatiga
ta’sirini, yil fasllarining inson hayotidagi ahamiyatini yoritishi talab
etiladi.
Inshodagi
«Asosiy qism»
ishning butun mazmunini, g‘oyaviy
yo‘nalishlarini, o‘quvchilarning dunyoqarashini, fikrlash doirasini
o‘zida yaqqol ifodalab turuvchi bo‘lim sanaladi.
40
Asosiy matnda o‘quvchining ma’lum bir insho mavzusi
yuzasidan mulohazalari, fikrlari o‘z aksini topmog‘i darkor bo‘ladi,
shuning uchun ham insho yozayotgan shaxslarga o‘zlari uchun aniq
bo‘lmagan, mavhum mavzular bo‘yicha yozma ish yozish tavsiya
etilmaydi. Shunisi qiziqki, aksariyat o‘quvchilar adabiyot tarixida
muhim o‘rin tutgan mashhur asarlarni o‘qimasdan turib ham ulardagi
timsollar
yoki
asarning
mazmuni
haqida
insho
yozishga
kirishaveradilar. Natijada ular asar mazmun-mohiyatini yaxshi
anglamaganliklari uchun ko‘plab chalkashliklarga, noaniqliklarga yo‘l
qo‘yadilar. Bunday salbiy holatlarga duch kelmaslik uchun
o‘quvchilar, birinchi navbatda, darsliklardagi materiallardan yaxshi
xabardor bo‘lishlari lozim. Shundagina o‘quvchilar inshoning asosiy
qismida mavzu yuzasidan o‘zlarida hosil qilingan bilim va
ko‘nikmalarni qiynalmasdan, batafsil bayon qila oladilar.
Xulosa qismida ijodiy
ishning natijasi aks etadi. Insho mavzusi
bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Xulosa qismi qisqa, lekin asosli
bo‘lishi lozim. Insho matnini aniq, ravshan va ishonchli tarzda
yakunlash talab etiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan “Ona yurt
tabiati” mavzusidagi inshoning xulosa qismida ona yurt tabiatining
asosiy xususiyatlari qayd etiladi, tabiatning inson hayotidagi qiymati
ta’kidlanadi. Inshoning mazkur
qismida o‘quvchining insho mavzusi
bo‘yicha umumiy xulosalari, mazmunning hozirgi davr bilan bog‘liq
jihatlari,
asarning
tarbiyaviy
ahamiyati,
timsollarning
zamondoshlarimiz uchun namunaviy tomonlari haqida fikr yuritiladi.
Yozuvchining
ijodi
bo‘yicha
fikr
va
mulohazalar
bildirilayotganda,
timsollarga
tavsif
berilayotganda
shoshma-
shosharlik bilan ish tutish, chala fikrlarni bayon etish yaramaydi.
Aytilayotgan fikrlar she’riy va nasriy parchalar bilan asoslangan
taqdirdagina insho mazmuni risoladagidek bo‘lishi mumkin.
Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga
va shevaga xos so‘zlardan qochish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish
inshoning qimmatini oshiradi.
Yozilayotgan har bir gapda o‘quvchining ijodkorligi, mustaqil
fikrlashi barq urib turmog‘i kerak.
Xullas, insho yozish o‘quvchidan, birinchi navbatda, bilim va
malaka, e’tibor, mustaqil fikrlash hamda ijodkorlikni talab qiladi.
8. Insho matni imlo qoidalariga muvofiq holda aks ettirilishi
talab etiladi. Yozma ish adabiy til me’yorlariga asosan shakllantiriladi.
41
Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda
matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor:
imlo
xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar.
Dostları ilə paylaş: |