Õ õ harfi
O‘o‘ shaklida,
Ģģ harfi
G‘g‘ shaklida,
Şş harfi
Shsh shaklida,
Çç harfi
Chch shaklida,
Ññ harfi
Ngng shaklida,
Q harf
belgisi
q shaklida ifodalandi;
4) Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar
birikmasining yozma shakli tegishli tarzda ifodalandi.
Yangi o‘zbek alifbosi amaldagi kirill alifbosidan harflar tartibi,
ayrim harflarning o‘zgartirilgani bilan ham farqlanadi. Kirill
alifbosidagi yo-lashgan unlilar (
e, ё, ю, я ) quyidagicha ifodalanadi:
kirill alifbosidagi
yo -lashgan unlilar tovush ifodalashiga ko‘ra
ikkita harf bilan ifodalanadi:
e
→ ye : eл
– yel , елкан
– yelkan; e
→е (bu unli bir harf bilan ham ifoda etilishi ham mumkin):
келин
– kelin , тер
– ter ;
ё
→yо : ёрқин
– yorqin , ёш
– yosh 12
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey o‘quvchilari uchun darslik.-T.,2013
44
ю
→ yu : юлдуз
– yulduz , ютуқ
– yutuq ;
я
→ya : яшил
– yashil , яхши
– yaxshi ;
yo - lashgan unlilarning bosh shakli imlosidagi xatolar ko‘p
kuzatiladi. Ё.Жумаев, Ю.Эрматова kabi ism-shariflar lotin yozuvida
Yo. Jumayev, Yu. Ermatova tarzida xato yozilmoqda (aslida:
Y. Jumayev, Y. Ermatova tarzida yozilishi to‘g‘ri).
Кirill alifbosidagi
«ц» harfi quyidagicha ifodalanadi:
so‘z boshi, oxirida, so‘z o‘rtasida (undoshdan keyin)
s harfi bilan
aks ettiriladi: цирк
– sirk, центнер
– sentner, концерт
– konsert, акцент
– aksent, aбзац
-abzas , шприц
– shpris, кварц
– kvars. So‘z o‘rtasida unli tovushdan keyin
ts yoziladi: лицей
-litsey, милиция
-militsiya , конституция
– konstitutsiya. Rus-baynalmilal so‘zlaridagi
ъ (ayirish),
ь (yumshatish)
belgilari tovush ifodalamaydi.
Yumshoqlik (ь) belgisi yangi o‘zbek alifbosi asosidagi yozuvda
tushirib qoldiriladi: альбом
–albom , июнь –iyun , рельс –rels . Faqat
ayrim so‘zlar imlosida ь yumshatish belgisi
y ga almashtiriladi:
почтальон
– pochtalyon, батальон
– batalyon. ъ (belgisi) tushiriladi
va undan keyingi
yo -lashgan unlining so‘z boshidagi shakli yoziladi:
субъект
– subyekt, объект
– obyekt. Kirill alifbosi asosidagi yozuvda arabcha so‘zlarda uchraydigan
ъ belgisi o‘rnida tutuq belgisi yoziladi. Tutuq belgisi rus-baynalmilal
so‘zlaridagi ъ belgisi o‘rnida yozilmaydi. Demak,
ob’ekt tarzida
yozish xatodir.
Tutuq belgisi tovush ifodalamaydi, arab tilidan o‘zlashgan
so‘zlarda
ayn ﻉ
o‘rnida qo‘llanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
’ (tutuq belgisi) unli tovushdan keyin kelsa, unlini cho‘ziqroq
talaffuz etish uchun xizmat qiladi:
ma’no, ma’rifat, ta’limot, a’lo, ta’lim,e’lon, fe’l; ’ (tutuq belgisi) undoshdan keyin kelsa, keyingi bo‘g‘inni yoki
unlini ajratish uchun xizmat qiladi:
mas’ud, jur’at, sun’iy, in’om, mas’ul. ’ (tutuq belgisi) ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi:
sher (hayvon)
– she’r (ijod mahsuli),
qala (ish harakat)
-qal’a (qarorgoh),
45
tana (vujud)
– ta’na (minnat),
nasha (o‘simlik)
– nash’a (zavq),
sanat (fe’l)
– san’at (ot),
surat (tasvir)
– sur’at (tezlik),
tarif (toifa)
– ta’rif (sifatlash),
ayon (sifat) –
a’yon (ot).
’ (tutuq belgisi)
s va
h ni
sh harf birikmasidan farqlash uchun
ham ishlatiladi:
as’hob, Is’hoq. Yangi alifbodan bir tovushni harfga belgi qo‘shib, ikki harfni
qo‘shib ifodalash usuliga asoslangan harflar (
o ‘
, g ‘
, sh, ch, ng ) o‘rin
oldi. Natijada yangi o‘zbek alifbosi 29 harf va bir belgidan iborat
bo‘lib, 31 tovushni ko‘rsatishga xizmat qiladi.
J j harfi har ikki alifboda ikki vazifani bajaradi: til oldi,
portlovchi qorishiq
j undoshini ifodalaydi:
juma, janub, jo‘ja, jiyan ;
arab va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi til oldi, sirg‘aluvchi
tovush ifodasi uchun ishlatiladi:
jurnal, ajdar, jyuri. Har ikki alifboda ham o‘zbek tiliga xos bo‘lgan jarangli, til orqa
ӊ burun tovushini ifodalash uchun
n va g harfiy birikmasidan
foydalaniladi: n+g:
sen+ga, tun+gi ;
ng→ ң: :
de-ngiz, ko‘-ngil, si- ngil, to-ngi. 1995-yil 24-avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari
(lotin yozuvi asosida)» qabul qilindi. Qoidalar 82 band, 7 bo‘limdan
iborat.
Insho matnida uchraydigan imlo xatolarining aksariyati quyidagi
qoidalarga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Unlilar imlosi . Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi
a tarzida
aytiladi:
kanstitutsiya, arfografiya, fanetika . Lekin
konstitutsiya, orfografiya, fonetika yoziladi. Rus va yevropa tillaridan kirgan
so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida
eshitiladi, lekin har doim
direktor, traktor, rektor, konduktor, irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi.
Yonma-yon keladigan unlilar orasida talaffuzda
y tovushi aytilsa
ham yozilmaydi:
shoir, shariat, maishat, doim, oila, teatr, diagnoz, material, filial, million, aerodrom, aloe kabi.
Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisi
qo‘yilmaydi.