38
o‘quvchining inshosi mazmunida bu qismlardan
foydalanishi ijobiy
ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, adabiy mavzudagi insholarning
murakkab reja asosida yozilishi maqsadga muvofiq.
Ba’zi hollarda o‘quvchi inshoni rejaning har bir bandiga javob
tarzida raqamlar qo‘ygan holda shakllantiradi. Bu o‘quvchining oddiy
insho yozishdagi oddiy talabni ham bilmasligini ko‘rsatadi. O‘z
navbatida, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining e’tiborsizligini ham
namoyon qiladi. Negaki o‘quvchi umumta’lim partasidan hech
bo‘lmaganda insho yozish texnikasini o‘rganib chiqishi kerak.
O‘qituvchi, albatta, inshoning reja bandlariga
muvofiqligi raqamlar
bilan emas, abzaslar bilan belgilanishini uqtirishi lozim.
Bir qator insholarda rejaning to‘g‘ri yoritilishiga amal
qilinmaydi. Insho boshidan oxirigacha rejaning birinchi bandiga
bag‘ishlanadi. Rejaning qolgan bandlari yoritilmay qoladi. Ayrim
insholarda esa reja bandlarini yoritishda izchillikka amal qilinmaydi.
Reja bandlari yoki aralash holatda, yoki o‘rnini
almashtirgan holda
bayon etiladi. Rejaning to‘g‘ri tuzilishi maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishi,
mazmunning mavzuga mos tarzda ifodalanishini ta’minlaydi.
3. Insho yozma ijodiy ish sifatida matnning asosiy belgisi
bo‘lgan mazmuniy butunlikka ega bo‘lishi darkor. Insho matnining
o‘zaro bog‘liqligi, izchilligi hamda mantiqiyligini ta’minlash asosiy
o‘rin tutadi. Buning uchun, dastlab, qoralamada
inshoning rejasini
tuzish, shu rejaga mos matn yaratish va inshoni yozib tugatmaguncha,
oqqa ko‘chirmaslik tavsiya etiladi.
4. Inshoga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – uslubiy birlik va
ifodalilikdir. Bunga erishish uchun badiiy uslub talablariga amal qilish
lozim. O‘quvchi inshosiga chinakam ilmiy, ommabop va badiiy
asarlar kabi qat’iy talab qo‘yilmasa-da, matn adabiy me’yorlarga
muvofiqlik nuqtayi nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
5. Fikrni ifodalash uchun so‘zlarni aniq tanlash, jumlalar
soddaligi talab qilinadi. Inshoni yozishda o‘quvchidagi
yaqqol
tasavvur, ma’lum bir tuyg‘ular ifodasi hamda emotsionallik, faktik
ma’lumotlarni keltirishdagi aniqlik muhim ahamiyatga ega.
6. Insho hajm jihatidan ham talab darajasida bo‘lishi kerak.
Odatda, insho o‘rtacha 5-7 sahifa hajmida yoziladi. O‘ta ixcham
shakllarda yozilgan yoki mazmuni mavzuga aloqador bo‘lmagan
fikrlar bilan to‘ldirilib yuborilgan katta hajmdagi insholar salbiy
baholanadi.
39
7. Insho matnini mazmuniy
qismlariga muvofiq ravishda
abzaslarga ajratish va xat boshidan yozish talab etiladi.
Inshoda mavzuga doir masalalar mazmun-mohiyatini insho
strukturasiga mos holda ochish vazifasi qo‘yiladi. To‘g‘ri
shakllantirilgan insho uch muhim – kirish, asosiy, xulosa qismlaridan
tashkil topadi.
Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko‘rsatish o‘rinlidir.
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Dostları ilə paylaş: