46
sahna, tuhmat
kabi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq
xatolar
uchraydi.
Xx
va
H
h
undoshlari alohida fonemalardir. Xx va Hh tovushlari
paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra
ham bir-biridan farq
qiladi. Xx – chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh:
xabar,
paxta, sho‘x, taxt, baxt, xulq, axloq, xalq.
Hh – jarangsiz sirg‘aluvchi
bo‘g‘iz undoshi:
behi, holva.
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi:
xol
(dog‘) -
hol
(ahvol) ;
xam
(egik) -
ham
(yuklama);
shox
(daraxt shoxi) -
shoh
(podshoh);
rux
(modda) -
ruh
(arvoh);
xush
(yoqimli) -
hush
( aql).
i
bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida
x
yoziladi:
ix-tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik;
qolgan bo‘g‘inlarida h yoziladi:
il-
hom, i-ho-ta, is-loh;
e bilan boshlanuvchi arabcha so‘zlar tarkibida
h
yoziladi:
ehson,
ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj
.
Bu harflar imlosida arabcha o‘zakdosh so‘zlardagi undoshlarga
asoslanish
mumkin:
hukm-hokim-hakam-hokimiyat-mahkama-
mahkum
;
rahm-rahmat-rahim; hurmat-marhamat-rahmat; xalq-
xaloyiq-xoliq-maxluq; muhsin-tahsin; hibs-mahbus, muxlis-ixlos.
Birlikdagi ot va ularning siniq ko‘plik
shaklini bilish ham bu
harflarni to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi:
xabar-axborot, saxiy-
saxovat, hol-ahvol, ruh-arvoh.
Bulardan
tashqari, x va h ishtirok etgan so‘zlar
imlosini yodda
saqlash lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: