Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

YOZMA ISH TURLARI 
 
Yozma ish
atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi: 
1. 
Yozma ish
– imiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda 
bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. 
Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham 
tegishlidir. Masalan, 
fizika, matematikaga oid yozma ishlar. 
Bu tipdagi yozma ishlar
 
ilmiy insholar
termini bilan ham 
yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari 
bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga 
oid ilmiy insholarda 
so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un 
birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak
kabi tushunchalardan keng 
foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda
qoldiq, ko‘paytma, 
tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish
kabi tushunchalar 
qo‘llanadi. 
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini 
hisobga olgan holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda 
o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, 
musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi, yozma ishlar ana shu 
o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda

“Quyosh va tabiat”, 
“Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun 
nimalarga amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular 
ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi mumkin. 
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab 
darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan 
ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy 
xarakterdagi
yozma ish 
ona tili, matematika, 
tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni 


11 
mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va 
izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. 
Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni 
ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan 
foydalanish maqsadga muvofiq.
2. 
Yozma ish
– yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, 
ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur 
darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga 
qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda 
aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga 
mo‘ljallangan (diktant) matnlar.
Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin