Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


–  berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil  qilish;  izlanish –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

– 
berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil 
qilish; 
izlanish

o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug‘at, qomus, 
internet manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish; 
narsa-hodisa mohiyatini qismlar sharhi orqali yoritish – har bir 
hodisani alohida-alohida sharhlay olish; 
qiyoslash – tizimdagi hodisalarni o‘zaro taqqoslay bilish; 
umumiylikni aniqlash
 
– hodisalarning o‘xshash va umumiy 
tomonlarini aniqlash; 
farqlarni topish
 
– hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini 
ajrata bilish; 
tasnif etish – tizimdagi hodisalarni o‘xshashlik va farqlari 
asosida guruhlarga ajratish; 
hukm chiqarish
 
– hodisalar tizimi haqida umumlashma hukm, 
xulosa, qoida chiqara olish
alohidalikni aniqlash
 
– o‘rganilgan hodisalarning yondosh 
voqelik bilan munosabatlarini aniqlash; 
qo‘llash
 
– hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og‘zaki 
ko‘rinishda sharhlab, ijodiy matn tuza olish.
Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‘rinishi matn 
yaratishdir.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi
(tugal fikr 
ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining 
maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili 
ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan 
matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini 
baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi 
ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi: 
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi; 
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab
abstrakt-konkret, mavhum va hokazo); 
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati; 
e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq 
foydalanish darajasi; 


10 
f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati. 
Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma 
shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy 
maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari 
sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash 
malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, 
nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat 
bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin