63
tasviriy insho uchun boy material beradi. Bundan tashqari, suhbat
o‘tkazish,
tabiat tasviriga oid rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar va
diapozitivlardan foydalanish ham inshoning
bu turi uchun yetarlicha
ma’lumot beradi;
–
insonning
tashqi
qiyofasini
tasvirlash.
Ona
tili
mashg‘ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalanish mumkin.
Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi
qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ota-onasi,
aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asari, ko‘rgan
kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlashi mumkin.
Tashqi qiyofa ifodasi ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi
ilmiy va badiiy ko‘rinishlarga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz
tuzilishi, ko‘zi, qulog‘i, burni,
sochining rangi, bo‘yi, gavdasi kabilar
aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa
o‘xshatish, sifatlash,
jonlantirish, mubolag‘a kabi usullardan
foydalaniladi;
–
Dostları ilə paylaş: