MAQOL ISHTIROK ETGAN MATN Xalq orasida shunday maqol mavjud: Qarisi bor uyning parisi bor . Nigoralar buvisi bilan yashashadi. Nigora asli yomon qiz emas-u, ichida gap turmaydi, o‘ylamay gapirib qo‘yadi. Buvisi unga ko‘p nasihat qiladi: -Qizim, o ‘ ynab gapirsang ham o ‘ ylab gapir, har gapni ham aytib yuborish yaramaydi. Aytmoqchi bo‘lgan gaplaringni avval o‘ylab, keyin tilga chiqar. Avval o ‘ yla keyin so ‘ yla deganlaridek, har gapda yetti o ‘ lchab bir kes ish zarur. Yolg‘on so‘zlama, buni odat qilma, boshingga qilich kelsa ham rost so ‘ zla – shuni odat qilgin. Vaqt g ‘ animat, uni to‘g‘ri taqsimlashni bilgin. Axir aytishadi-ku,
103
“yo ‘ qolgan oltin topilar, yo ‘ qolgan vaqt topilmas” deb. Shuning uchun ham bo‘sh vaqt qoldirma, kitoblar o‘qi, oyingga yordam ber, shunda o‘ylagan niyatingga erishib, yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayasan. RAQAMLAR ISHTIROKIDAGI MATN Mubina va Muslima Mubina aqlli, ziyrak va odobli qiz. U ikki uy narida turadigan qo‘shnimiz Dilfuza opaning qizi bo‘lsa-da, menga singlimdek bo‘lib qolgan. U