Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Sizlarga  mamlakatni boshqarishni o‘rgatamiz”, deganlar “O‘zbekiston”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
Sizlarga 
mamlakatni boshqarishni o‘rgatamiz”, deganlar “O‘zbekiston”
 
atalmish jannatmakon diyorni qayta qo‘lga kiritish uchun fursat 
poylay boshladilar. 
Islom Karimov ajdodlar merosini avlodlarga qaytardi. Uning ilk 
jasoratlaridan biri shu ediki, mustaqillik ostonasida o‘zbek tiliga 
davlat tili maqomining berilishiga erishdi. Qaramlik tuzumidagi Bosh 
kotib lavozimi o‘rniga demokratik davlatlarga xos prezidentlik 
lavozimini sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlar ichida 
birinchilardan bo‘lib joriy etdi. Uzoq yillar davomida “Din afyundir” 
degan g‘oya singdirilgan, bunga qarshi bo‘lganlar quvg‘inga uchragan 
tahlikali zamonda o‘zbek xalqiga muqaddas safar – haj ziyoratiga bora 
olish imkonini berdi. “O‘tmish qoldig‘i” deya qoralanib, nishonlanishi 
taqiqlangan Navro‘z bayrami ham qayta tiklandi. 
Yurtga tinchlik, xalqqa o‘zlikni qaytarish oson bo‘lmadi. Har 
qadamda g‘animlar nayzasi Islom Karimovning oyoqlariga tikandek 
sanchilaverdi. “O‘zbek modeli” atalmish mayoqni qo‘lida mahkam 
tutgan posbonimiz yurt kelajagini porloq ko‘rish uchun shaxdam 
odimlayverdi. 
Mustaqillikning 
ilk 
kunlaridayoq 
Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganib 
chiqdi va o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi. U oqil inson, dono 
siyosatchi, mehribon yo‘lboshchi sifatida har bir harakatida, har bir 
islohotida jonajon xalqiga suyandi, xalq bilan yonma-yon turdi. 
“Islohotlar inson uchun, uning manfaatlari uchun” shioriga hamisha 


99 
amal qildi. Sohibqiron Amir Temurning o‘gitlarini doimo yodda 
saqladi, qalbida ardoqladi. 
Islom Karimov uzoqni ko‘ra oluvchi davlat arbobi edi. Jahon 
minbarlaridan turib butun dunyoni birlashishga chorlagan, xalqaro 
terrorizm xavfidan birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan inson doimo 
“Bir milllatning dardi faqat shu millatgagina emas, balki barcha 
millatlarga taalluqli” ekanligi haqida bong urdi. Xorijiy mamlakatlar 
bilan teng huquqli shartnomalar asosida hamkorlik qildi. 
Islom Karimov: “Shu yurtdagi millionlab bola – mening 
farzandlarim”, – deya har bir yoshga otalardek mehr berdi, 
g‘amxo‘rlik qildi. Uning azaliy orzularidan biri barkamol avlodni 
tarbiyalash edi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi”ning bosh muallifi ham aynan Islom Karimovdir. 2008-
yilning “Yoshlar yili”, 2010-yilning “Barkamol avlod yili” deya 
nomlanishining o‘ziyoq fikrimizni dalillaydi. Islom Karimov 
rahbarligida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, malakali kadrlar 
tayyorlash 
uchun 
yaratilgan 
shart-sharoitlar, 
ta’lim tizimiga 
zamonaviy texnologiyalarning tatbiq qilinishi jahon jamoatchiligi 
tomonidan yuksak baholandi. O‘zining cheksiz muhabbati, aql-u 
zakovati, shijoati bilan dunyoni lol qoldirgan ulug‘ zot shuurimizga 
yuksak ma’naviyat, ajdodlar yodini singdirdi. 
Islom Karimov tinchlikni eng ulug‘ ne’mat deb bildi. 
O‘zbekiston o‘z harbiy kuchlariga ega bo‘ldi. Sarhadlar mudofaasi 
yurtning asl farzandlariga topshirildi. O‘zbekiston oqil sarbon 
boshchiligida taraqqiyot pillapoyalaridan ko‘tarilaverdi. Tarixan 
qisqa, mazmunan asrlarga teng davr – 25 yil ichidagi o‘zgarishlar 
ilgari O‘zbekistonni qoloq deb tahqirlaganlarni bu buyuk yurt bilan 
hisoblashib ish ko‘rishga majbur qildi. Oqilona siyosat natijasi 
o‘laroq, diyorimizga fayz, qut-baraka qaytdi. 
Osmonimiz musaffoligi, yurt ravnaqi g‘animlar ko‘nglini xira 
qilaverdi. Farg‘ona, Bo‘ka fojialari, 1999-yil 16-fevraldagi harakatlar, 
2005-yildagi Andijon, 2010-yildagi O‘sh voqealari yurt fidoyisi 
ko‘ksiga otilgan o‘q bo‘ldi. Yurtning asl farzandi ta’kidlaganidek, “Bu 
yurtni Yaratganning o‘zi asradi”. Mustaqilligimiz posbonlarining aziz 
jonlari evaziga osmonimiz yana musaffo bo‘ldi. Islom Karimovning 
odilona tadbirlari qardosh xalqlarni, qo‘shni davlatlarni urush 
balosidan asrab qoldi. 


100 
Islom Karimov doimo: “Farzandlarimni hech kimga 
bermayman”, – der edi. Bugun ana shu yoshlar yurt otasiga, millatga 
tashakkur aytib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda. U afsus bilan 
boshlari egilgan Vatan xoinlarini ham kechirdi. Otalarcha mehr berib, 
bag‘riga oldi. Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu 
yashaydi. O‘zining cheksiz muhabbati bilan barpo etgan maskan – 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti ostonasiga qadam qo‘ygan chog‘imizdanoq buyuk zotning 
nafaslarini his etamiz. Davrlar o‘tsa hamki, yuraklar qa’rigacha yetib 
borgan so‘zlari aslo unutilmaydi. Islom Karimov har bir 
vatandoshimiz, yurtboshimiz qalbida, ezgu ishlarida yashayveradi. 
Umrni oqar daryoga qiyoslaydilar. Bu o‘xshatishda umrning 
juda tez o‘tib ketishiga ishora bor. Aslida, umrga suvning 
hayotbaxshlik sifati ham ko‘chishi kerak. Islom Karimov umrini 
mustaqillik daraxtiga, ma’naviyat niholiga, unutilayotgan asriy 
qadriyatlarga, o‘zlikni asrash tuyg‘usiga qayta hayot bag‘ishlagan 
daryoga o‘xshatish mumkin. 
Sevimli Birinchi Prezidentimiz bilan vidolashish ta’riflab 
bo‘lmas darajada og‘ir kechdi. Faqat O‘zbekiston xalqigina emas
dunyoning taraqqiyparvar barcha davlatlari xalqlari bu buyuk zot 
vafoti tufayli cheksiz qayg‘uga botdi. Hamon qalbimizni adadsiz 
sog‘inch o‘rtaydi. Yurtboshimizning videotasmalarga muhrlangan 
nurli chehralarini ko‘rib sog‘inch hissini yengishga harakat qilamiz. 
Yurtimizdagi har bir inson Islom Karimovning porloq xotirasini 
umrbod yodida saqlaydi. Uning ruhi shod, manzili obod bo‘lishini 
tilab duo qiladi. 
Hamisha kelajakni o‘ylab ish tutgan Birinchi Prezidentimiz 
munosib izdoshlarni tarbiyaladi. Ko‘p yillar davomida Islom Karimov 
bilan yelkadosh bo‘lib mehnat qilgan, yurt xizmatida bo‘lgan Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgach, yurt 
taqdiri ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir karra amin bo‘ldik. 
Mustaqilligimiz me’mori – Islom Karimovning ezgu g‘oyalari 
bizni mudom olg‘a boshlaydi. Bobomiz yurt farzandlarining har 
sohadagi, ayniqsa, ilm-fan, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rganda 
qanchalik quvongani yodimizda. Biz tahsil olayotgan dargoh Birinchi 
Prezidentimizning tengsiz tuhfasi edi. 2016-yil 13-mayda “Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonda 


101 
belgilangan vazifalarni bajarish biz uchun ham qarz, ham farzdir. 
Sunda buyuk insonning ruhlari ham shod bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin