O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАXSUS TА‘LIM
VАZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent – 2021
2
Tuzuvchilar: Kadirov M.M., To‘laganov Z.Ya., Zokirova F.R. “Texnik
tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya
ishlarini bajarish uchun
uslubiy ko‘rsatmalar. ToshDTU. - Toshkent, 2021.
Bu uslubiy ko‘rsatmada texnik tizimlarda ma’lumotlarni qayta ishlash
texnologiyasi, amaliy dasturlarda loyihalash jarayonlarini amalga oshirish, MathCAD
dasturida muhandislik masalalarining matematik modellarini ifodalash,
mutaxassislik
masalalarini MathCAD dasturida amalga oshirish,
MatLab ilovasida imitatsion
modellarni Simulink paketida amalga oshirish, Proteus tizimida
elektron sxemalarni
loyihalashtirish, muhandislikka oid masalalarni Proteus tizimida vizuallashtirish,
tarmoqlararo ekranni axborotni muhofaza qilishda kompyuter tarmoqlarida qo‘llash,
ochiq kalitlarga asoslangan himoyalash vositalari haqida batafsil tavsiflar keltirilgan.
Har bir laboratoriya ishining tavsifi qisqacha nazariy qismga ega bo‘lib, ishning
mohiyati, mazmuni misollar orqali ifodalangan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”
fanidan
laboratoriya ishlarini o‘tkazishda 5311000 – “Ishlab chiqarish jarayonlarni
avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)”, 5330200 – “Informatika va
axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, 5310900 – “Metrologiya,
standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)”, 5312600 –
“Mexatronika va robot texnika”, 5312700 – “Intellektual muhandislik tizimlari”,
5310800 – “Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)” yo‘nalish bakalavrlari
uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga magistrlar, o‘qituvchilar ham undan foydalanish-
lari mumkin.
Taqrizchilar:
Gulomov Sh.R.
TATU. “Axborot xavfsizligini ta’minlash”
kafedrasi dotsenti,
PhD.
Karimova D.K.
ToshDTU.
“Texnik tizimlarda Axborot texnalogiyalari”,
kafedrasi , dotsenti.