10
Root funksiyasi iteratsiya usuli sekuhix bilan yechadi va sabab boshlangʻich
qiymat oldindan talab etilmaydi. 6-rasmda tenglamani sonli yechish keltirilgan.
Tenglamani yechish uchun odlin uning grafigi quriladi va keyin uning sonli
yechimi izlanadi. Funksiyaga murojaat qilishdan oldin yechimga yaqin qiymat
beriladi va keyin Root funksiya kiritilib, x0= beriladi.
5-rasm. Tenglamani simvolli yechish
6-rasm. Tenglamani sonli yechish va uning grafigini qurish
Root funksiyasi yordamida funksiya hosilasini nolga tenglashtirib, uning
ekstremumini ham topish mumkin. Funksiya ekstremumini topish uchun quyidagi
ketma-ketlikni bajarish kerak:
1. Ekstremum nuqtasiga boshlangʻich yaqinlashishni berish kerak;
2. Root funksiyasini yozib uning ichiga birinchi tartibli differentsialni va
oʻzgaruvchini kiritish;
3. Oʻzgaruvchini yozib teng belgisini kiritish;
4. Funksiyani yozib teng belgisini kiritish.
11
Tenglamalar tizimini yechish.
Mathcadda tenglamalar tizimini yechish
Given…Find hisoblash bloki yordamida amalga oshiriladi.
Tenglamalar tizimini
yechish uchun iteratsiya usuli qoʻllaniladi va yechishdan oldin boshlangʻich
yaqinlashish barcha noma’lumlar uchun beriladi (7-rasm).
Tenglamalar tizimini yechish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarish kerak:
1. Tizimga kiruvchi barcha noma’lumlar uchun boshlangʻich yaqinlashishlarni
berish;
2. Given kalit soʻzi kiritiladi;
3. Tizimga kiruvchi tenglama va tengsizlik kiritiladi. Tenglik belgisi qalin
boʻlishi kerak, buning uchun Ctrl+= klavishilarini birgalikda bosish kerak boʻladi
yoki Boolean (Bul operatorlari) panelidan foydalanish mumkin.
7
- rasm. Chiziqsiz tenglamalar
tizimini yechish
4.
Find funksiyasi tarkibiga kiruvchi oʻzgaruvchi yoki ifodani kiritish.
Funksiyaga murojaat quyidagicha bajariladi: Find (x, y, z). Bu yerda x, y, z –
noma’lumlar. Noma’lumlar soni tenglamalar soniga teng boʻlishi kerak.
8-rasm. Chiziqsiz tenglamalar tizimini simvoli yechimini topish
Dostları ilə paylaş: