Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Yüklə 134,24 Kb.
səhifə10/27
tarix19.12.2023
ölçüsü134,24 Kb.
#186701
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Œзбекистон республикаси олий ва œрта маќсус таълим вазирлиги-www.hozir.org

Dasturlash. 
Dasturlash Mathcadda asosiy oʻrin tutadi. Mathcad koʻplab 
masalalarni dastursiz yechish imkonini beradi. Lekin shunday sinf masalalari borki,
ularni dastursiz yechib boʻlmaydi. Mathcad har qanday murakkab dasturni kiritish 
imkonini beradi. Mathcadda dasturlash juda aniq va tushunarli, unda dastur bir
necha ketma-ket formulalarni ifodalaydi. Dasturlashning asosiy operatorlari 
Programming (Dasturlash) panelida joylashgan.
Dastur qatorini kiritish. 
Dasturni tuzish uchun uning qatorlarini kiritish kerak 
boʻladi. Bu quyidagi keltirilgan ketma-ketlikda bajariladi:

1.

Dastur ifodasi nomini kiritish.
2.

Yuborish operatorini (:=) kiritish.


3.

Dasturlash panelidan Add Program Line (Dastur qatorini qoʻshish)


tugmasini bosish. 
4.

Paydo boʻlgan kiritish joyiga kerakli operatorlarni kiritish, ortiqcha kiritish 


joyini olib tashlash.


Kerakli kiritish qatorini ochish uchun koʻk burchakli kursorni qator oxiriga 
keltirib, boʻshlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak.
Agar kiritish qatorini qator oldidan ochish kerak boʻlsa, koʻk burchakli kursorni 
qator boshiga keltirib, boʻshlik tugmasini bosgan holda Add Program Line
tugmasini bosish kerak boʻladi (13-rasm). 

13-rasm. Oddiy chiziqli dasturlar tuzish 

Ayrim hollarda, masalan ikki ichma-ich joylashgan sikllar orasiga qator 
qoʻshishda bu usul qoʻl kelmay qoladi. Bu holda, boshqa usulni qoʻllashga toʻgʻri
keladi. Bu usul quyidagicha bajariladi: 
1. Sikl ichi qora rangga ajratiladi.
2. Standart vositalar panelidan kesib olish (Cut) tugmasi bosiladi. 
3. Add Progrm Line (dasturga qator qoʻshish) dasturlash paneli tugmasi
bosiladi. 
4. Qator kiritish joyiga kursor qoʻyilib, standart vositalar panelidan qoʻyish
(Paste) tugmasi bosiladi. 
5. Paydo boʻlgan kiritish joyi toʻldiriladi.




15 

Bu usul barcha hollarda ham qator kiritishda qulaylikni beradi.


Yüklə 134,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin