Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Toshkent davlat texnika universiteti, 2021



Yüklə 134,24 Kb.
səhifə2/27
tarix19.12.2023
ölçüsü134,24 Kb.
#186701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Œзбекистон республикаси олий ва œрта маќсус таълим вазирлиги-www.hozir.org

Toshkent davlat texnika universiteti, 2021 







1 - LABORATORIYA ISHI 

MATHCAD HUJJATINI YARATISH VA TEXNIK TIZIMLARDA 

QO‘LLASH, SODDA FUNKSIYALARNI HISOBLASH. MATHCADDA 

TENGLAMALAR SISTEMASINI YECHISH 


Ishdan maqsad: 
MathCad tizimining imkoniyatlari va vositalari bilan tanishish,
ilmiy-texnik masalalarni Mathcad tizimi yordamida yechish. 


Topshiriqlar: 

1.

MathCAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishing.
2.

Mutaxasislik bo‘yicha texnik masala tanlang.


3.

MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik


yechimlarini toping. 
4.

Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash. 


Nazariy qism 
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish 

uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu


tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik 
hisoblashlar tizimidir.
Mathcad paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita 
bo‘lib, u professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida
o‘zgaruvchi va o‘zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni 
yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan
yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad 
murakkab masalalarni yechish uchun o‘z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash. 
Mathcad ishga tushurilgandan so‘ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math 
(Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli
Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart 
(Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to‘plamini
o‘z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha 
bir necha buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini
o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli 
oynasiga joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va
uning matematik panel vositalari ko‘rsatilgan (1- rasm):



1-rasm. Dasturning umumiy ko‘rinishi 


Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph 


(Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa


operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish 
operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash,
integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – 
mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli
modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) - symbolik belgililar ustida 
ishlash uchun operatorlar.



Yüklə 134,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin