ishlatiladi.
16
Agar siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak boʻlsa, oldin kursorni kiritish
joyiga qoʻyib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi
oʻrta qavs) tugmasini sikl nechta qatorni oʻz tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish
kerak boʻladi.
FOR operatori.
For sikl operatorini takrorlanishlar soni oldindan aniq
boʻlganda ishlatish maqsadga muvofiqdir. For operatorining takrorlanishini, undan
oldin berilgan oʻzgaruvchi aniqlaydi.
For sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma - ketliklarni bajarish lozim:
1. Kursorni dastur kiritish kerak boʻlgan boʻsh joyga qoʻyiladi.
2. Dasturlash panelidan For Loop (sikl For) tugmasi bosiladi.
3. For operatorining oʻng tamonidan oʻzgaruvchi nomi kiritilib, ungan keyin
oʻzgaruvchining oʻzgarish diapazoni beriladi. Sikl oʻzgaruvchisi sonlar qatori yoki
vektor boʻlishi mumkin. Masalan, rasmda oʻzgaruvchi qiymatlari vergul bilan
ajratilgan vektor qilib berilgan.
4. For operatori pastidan sikl hisoblashi lozim boʻlgan ifodalar kiritiladi. Agar
siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak boʻlsa, oldin kursorni kiritish joyiga
qoʻyib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi oʻrta
qavs) tugmasini sikl nechta qatorni oʻz tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak
boʻladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan toʻldirib, ortiqcha kiritish joyi
olib tashlanadi.
Operatorlardan foydalanish jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
Bu esa qoʻyilgan masalani tezkor yechish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: