1-Laboratoriya mashg‘uloti. Turli modellar tuzishga doir misollar yechish
Maqsad:
talabalar Turli modellar tuzishga doir misollar yechish bo‘yicha
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishini ta’minlash.
Nazariy qism:
Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida
quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin:
1.
Geometrik yo‘nalishlarni tajribalarni tashkillashtirish
koordinatalar
tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometric obyektlarning xossalarini
o‘rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq
etish vositasi sifatida ishlatiladi.
2.
Ikkinchi yo‘nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog‘liq.
Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu
ro‘y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq
va kengroq his qilishga,
olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari
haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.
3.
Uchinchi yo‘nalish – kompyuter ekranida funksiya grafiklarini
modellashtirish – kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, Logo
dasturi
funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning
natijalarini olish imkoniyatlarini beradi.
Eng muhimi shundaki, kompyuterda
modellashtirish texnologiyasidan foydalanish
haqiqiy voqelikni anglashda, bilish
jarayonini amalgam oshirishda yangi bosqich rolini o‘ynaydi.
Ma’lumotlar modellari shakli qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar quyidagi
talablarni bajarishi kerak:
1.
Soddalik. Ma’lumotlar modeli kam sondagi bog‘lanishli tuzilish
turlariga ega bo‘lishi lozim.
2.
Yaqqollik. Ma’lumotlar modeli vizual (ko‘zga ko‘rinadigan,
tasvirlanadigan) bo‘lishi kerak.
3.
Qismlarga bo‘linishi. Ma’lumotlar modeli ma’lumotlar
omborida
oddiy o‘rin almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
4.
O‘rin almashtirish. Ma’lumotlar modeli o‘ziga o‘xshash modellar
bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5.
Erkinlik. Ma’lumotlar modeli aniq bo‘lakchalarnigina o‘z
ichiga
olmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini
ta’minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy obyektning ba’zi bir muhim
xususiyatlarigina
ishtirok etadi, xolos.
Topshiriqlar:
1.
Kvadrat tenglamani yechish modelini yozma shaklda tuzing.
2.
Kvadrat tenglamani yechish modelini blok-sxemasini tuzing.
3.
Uchburchak yuzini topish modelini yozma shaklda tuzing.
4.
Uchburchak yuzini topish modelini blok-sxemasini tuzing.
5.
Uchburchak turini topish modelini yozma shaklda tuzing.
6.
Uchburchak turini topish modelini blok-sxemasini tuzing.