97
ILOVALAR
INSHO NAMUNASI
Mustaqil va ozod vatanga baxshida umr
16
Reja:
I.
Kirish. Islom Karimov – ma’naviy jasorat timsoli.
II. Asosiy qism:
1. Xorlikdan hurlikka eltgan sarbon.
2. Mustaqilligimiz me’mori.
3. Islom Karimovning jahon siyosatida tutgan o‘rni.
4. Islom Karimovning serqirra faoliyati.
III. Xulosa. Buyuklar yodi mudom barhayot.
Yuraklarga quvvatdir yoniq shonu shukuhi,
Birlashtirdi, hattoki, elni qayg‘u-anduhi.
Yodi hamisha ijodda, ismi tillarda duo,
Humoqushga aylanib, yog‘du sochadi ruhi
(Iqbol Mirzo)
Inson yaratilibdiki, nomini mangulikka muhrlashga intiladi.
Biroq tarix zarvaraqlarida nom qoldirish uchun istakning o‘zi kamlik
qiladi. Abadiyat ummoni adolat yo‘lida, el-yurt manfaati yo‘lida
umrini fido qilganlarnigina o‘z bag‘riga oladi.
Umri mangulikka
daxldor ana shunday insonlardan biri mustaqilligimiz me’mori,
xalqning asl farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovdir.
Dono xalqimiz insonning ismida uning fitrati va qismati aks
etadi, deb hisoblaydi. Adolatparvar yurtboshimizga “Islom” deya ism
qo‘yilishining o‘zi ham bu buyuk zot taqdiriga pok e’tiqod, ozodlik,
tinchlik yo‘lida fidokorona kurashish bitilganiga ishora bo‘lsa, ne
ajab!
Islom Karimov tariximizning eng qora kunlarida voyaga yetdi.
Davr mafkurasi millionlab insonlar ongini
zaharlayotgan bir pallada
bu ulug‘ inson o‘zining xalqparvar g‘oyalari bilan maydonga chiqdi.
“Dunyoda millatlar, xalqlar ko‘p. Lekin o‘zbek xalqi yagona”, – deya
16
2016-yilning 30-dekabrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida
Respublika Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud sanasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan
insholar tanlovida g‘olib topilgan yozma ishlardan biri.
98
o‘z xalqini chin dildan sevgan Islom Karimov yurt g‘animlari
ig‘volari tufayli uzoq yillik tazyiqlarga uchradi.
Buyuk daholarga
beshik bo‘lgan bu tuproqning oyoqlar ostida toptalishiga Yaratgan
ortiq yo‘l qo‘ymadi.
Markaz tomonidan atayin to‘qib
chiqarilgan va minglab
vatandoshlarimizning aziz umrlariga zomin bo‘lgan “paxta ishi”
tazyiqlari avj olgan davrda Islom Karimov yurt qalqoni bo‘ldi. U
iqtisodiy va ma’naviy qoloqlik, jabr-zulm, qaramlikka qarshi kurashni
Qashqadaryo viloyatida boshladi. Yillar to‘zoni xalq ko‘ksidagi
dardlarni kamaytirdi-yu, Islom
Karimovning bedor tunlarini
ko‘paytirdi. Har kim o‘z bilganidan qolmaydigan,
birov birovga
ishonmaydigan zamonda xalq boshini qovushtirish azobi tim qora
sochlarga qirov qo‘ndirdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Haq olinur,
berilmas!” shioriga amal qilgan Islom
Karimov yurt mustaqilligini
zolimlar qo‘lidan tortib oldi. “Katta og‘alaringizmiz.
Dostları ilə paylaş: