98
o‘z xalqini chin dildan sevgan Islom Karimov yurt g‘animlari
ig‘volari tufayli uzoq yillik tazyiqlarga uchradi. Buyuk daholarga
beshik bo‘lgan bu tuproqning oyoqlar ostida toptalishiga Yaratgan
ortiq yo‘l qo‘ymadi.
Markaz tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va minglab
vatandoshlarimizning aziz umrlariga zomin bo‘lgan “paxta ishi”
tazyiqlari avj olgan davrda Islom Karimov yurt qalqoni bo‘ldi. U
iqtisodiy va ma’naviy qoloqlik, jabr-zulm, qaramlikka qarshi kurashni
Qashqadaryo viloyatida boshladi. Yillar to‘zoni xalq ko‘ksidagi
dardlarni kamaytirdi-yu, Islom Karimovning bedor tunlarini
ko‘paytirdi. Har kim o‘z bilganidan qolmaydigan, birov birovga
ishonmaydigan zamonda xalq boshini qovushtirish azobi tim qora
sochlarga qirov qo‘ndirdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Haq olinur,
berilmas!” shioriga amal qilgan Islom Karimov yurt mustaqilligini
zolimlar qo‘lidan tortib oldi. “Katta og‘alaringizmiz.
Dostları ilə paylaş: