SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli yuzaga kelgan imkoniyatlarni
qadrlash va ulardan amalda vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida
foydalanish davr talabiga aylandi
.
“Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va
tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizni
atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab
olishni talab etadi”.
1
Darhaqiqat, mustaqillikning shonli yo‘li barcha
jabhalarda bo‘lgani kabi, kadrlar tayyorlash jarayonida erishilgan
natijalar, yutuqlarni sarhisob qilishni, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
reja-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy-ma’rifiy
masalalarga doir har bir chiqishlarida ajdodlar merosini qadrlash,
ularning tafakkur mahsulidan unumli foydalanish, kitob mutolaasiga
alohida e’tibor qaratish ta’kidlanadi, o‘tmish an’analar, axloqiy-
ma’rifiy qarashlar bugunni yorituvchi mash’al sifatida e’tirof etiladi.
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch
imkoniyatlarini safarbar etamiz,” – degan so‘zlari biz uchun
dasturulamal vazifasini o‘tamoqda
2
.
Mumtoz manbalar sahifasini varaqlar ekanmiz, kadrlar
tayyorlash muammosiga jiddiy e’tibor qaratilganini kuzatamiz. Buyuk
mutafakkirlarimiz: Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Alisher
Navoiy va boshqa allomalar, jumladan, jadid pedagoglari muayyan
sohani mukammal egallashga, shuning barobarida, boshqa sohalarni
ham bilishga da’vat qilishgan.
XX asr boshlariga kelib, kadrlar tayyorlash masalasiga davr
muammosi sifatida qaraldi. Chunonchi Behbudiy: “Turkistonda
muallim oz bo‘lib, muallimlarga ehtiyojimiz shadiddir... Endi ushbu
mushkul hollarni nazari e’tiborga olub, Turkiston yoshlari muallim
yetushturmoqning chorasini topmoqlari lozimdur”
3
,
deb yozgan edi.
Demak, kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarini yetishtirish o‘zbek
1
Каримов И.А. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз
фаровонлигини оширишга хизмат қилади. –Т.: Ўзбекистон, 2011. 3-б.
2
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent:
O‘zbekiston, 2016. 14- bet.
3
Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар. –Т.: Маънавият, 1997.153-б.
4
xalqi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida belgilovchi
omillardan bo‘lib kelgan va mustaqillik davrida yangi bosqichga
ko‘tarilgan dolzarb masaladir.
2016-yil 13-mayda Respublika Birinchi Prezidenti tomonidan
e’lon qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonda ham
o‘zbek tili ravnaqini ta’minlaydigan, takomiliga xizmat qiladigan,
dunyo miqyosidagi nufuzini oshiradigan, tilshunoslik sohasini
rivojlantiradigan, til ta’limini takomillashtiradigan mutaxassis-kadrlar
tayyorlash masalasi alohida tilga olingan: “O‘zbek tili va adabiyoti
bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur
yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda”.
4
Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga
yetkazish jarayonining mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi
“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”i hamda “Kadrlar tayyorlash Мilliy
dasturi”da batafsil yoritilgan. Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash
Мilliy dasturi”da ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun ta’lim
jarayoni sifatiga alohida e’tibor berilmoqda. Yangi texnik vositalardan
foydalanish, zamonaviy pedtexnologiyani qo‘llash keng yoyilmoqda.
Shu o‘rinda, bir jihatni alohida ta’kidlash o‘rinlidir: ta’lim
jarayonida yangi, zamonaviy usullar, pedagogik vositalarni qo‘llash
barobarida an’anaviy ilg‘or pedagogik tajribalarni ham e’tibordan
chetda qoldirmaslik lozim. Yetuk mutaxassis-kadrlar tayyorlash
maqsadiga qaratilgan ta’lim sifatini oshirishda zamonning eng yangi
vositalari,
usullari,
taraqqiy
etgan
mamlakatlar
tajribasini
ommalashtirish bilan bir qatorda milliy pedagogikaning davrga mos,
ta’lim maqsadlariga muvofiq keluvchi tajribalaridan ham foydalanish
maqsadga muvofiq. Negaki “milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi,
vatanparvarlik,
o‘z
vatani
bilan
faxrlanish
tuyg‘usining
shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va
xalqimizning intellektual merosiga hurmat” “Kadrlar tayyorlash
Мilliy dasturi”da mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilishning muhim omillaridan biri sifatida qayd etilgan.
5
4
Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш
тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. 2016 йил 13 май.
5
Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури // Баркамол авлод
–
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –Т.,1997.
38-б.
5
Milliy pedagogikadagi asosiy tamoyillardan biri yozma nutqni
shakllantirish masalasi edi. Jumladan, jadid pedagoglari yozma
nutqning inson tafakkurini o‘stirishga xizmat qilishini yaxshi
anglashgan. Shuning uchun maqolalari hamda darsliklarida yozma
nutq
ko‘nikmalarini
shakllantirishga
ahamiyat
berishgan.
O‘quvchilarga beriladigan matnlar, insholarning mazmuni, sodda-
murakkabligiga alohida e’tibor qaratishgan. Matnlarni o‘quvchi
yoshiga qarab saralashni, bu borada boshqa mamlakatlardagi ilg‘or
pedagogik tajribalarga tayanish lozimligini ta’kidlashgan. Ayrim
mamalakatlarda insho yozish mezonlari ishlab chiqilgani xususidagi
ma’lumotlarni qayd etishgan: “…
mushkul iboratlik uzun insholar,
albatta, bola zehnini ochmay, balki fikrini(ng) yo‘q bo‘lishig‘a sabab
bo‘lur. Biljumla mamoliki islomiyaning maktablarindagi bolalar
uchun yengil suratda insho tayyorlanubdurki, ibtidoiyya, rushdiyya,
e’tidodiyya maktab talabalarini(ng) har birig‘a muvofiq suratda insho
ta’lim beriladur”.
6
Darhaqiqat, insho yozma nutqni, fikrni o‘stirish, tafakkurni
rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Inson qaysi kasb egasi bo‘lmasin,
yuksak tafakkur sohibi bo‘lsagina, yangilik yaratadi. Yozma nutq
malakalarini shakllantirish, og‘zaki nutqni takomillashtirish faqat soha
doirasidagi muammo emas, balki umumta’lim jarayonidagi zururatdir.
Negaki yozma va og‘zaki nutqning me’yoriy darajada shakllanishi
fikrlash
tezligini
oshirishga,
o‘quvchi
tafakkur
doirasini
kengaytirishga yordam beradi. Yozuv bevosita qo‘l bilan amalga
oshiriladigan jarayon bo‘lib, qo‘l harakatining miya yarim sharlariga
aloqadorligi psixologik tahlillarda qayd etilgan.
Yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish maktab davridan
boshlanadi. Shuning uchun har tomonlama malakali, ma’naviy
barkamol, axloqan yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlashga, yozma
nutq me’yorlarini o‘rgatishga maktab davridanoq e’tibor qaratish
lozim. Respublika Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov maktab ta’limiga alohida e’tibor berish lozimligini
ta’kidlaganlar. Boshlang‘ich ta’limga ahamiyat berilmaganligini eng
katta kamchiliklardan biri sifatida baholaganlar: “Eski ta’lim
tizimining yomon qusuri boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish
deb qarayotganimizdadir”.
7
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash
6
Маhmudxoja Behbudiy. Ko‘rsatilgan manba. –Т., 1997. 153-б.
7
Маhmudxoja Behbudiy. Ko‘rsatilgan manba. –Т., 1997.154-b.
6
lozim bo‘lganidek, kadrlar tayyorlash jarayonini, yozma nutq
ko‘nikmalarini shakllantirishni ham uzluksiz ravishda olib borish
kerak bo‘ladi. Ya’ni dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati muayyan
qolipga kirgan talabani qisqa davrda har tomonlama yetuk, bilimli,
tafakkur darajasi keng, yozma nutq me’yorlarini to‘liq egallagan
mutaxassis sifatida shakllantirish ancha mushkul. Shu sabab adabiy til
me’yorlarini to‘liq o‘zlashtirgan, fikrini to‘g‘ri, xatosiz, izchil va
ravon ifodalay oladigan mutaxassis-kadrlar tayyorlashni maktab
o‘quvchisini har tomonlama maqsadga muvofiq tarbiyalashdan
boshlash kerak. Buning uchun yoshlarning ta’lim olishi, bilim
darajasi, yozma topshiriqlarni bajarish tartibiga alohida e’tibor
qaratish lozim. Yoshlarga texnik vositalarning ahamiyati, axborot
yetkazishdagi o‘rnini ta’kidlash shart emas. Bugunning ziyrak, zukko
farzandi voqelikdan o‘zi xulosa chiqarib olmoqda. Bugungi ta’lim
jarayonida yoshlarga kitob o‘qish, badiiy asarlarni mutolaa qilish,
yozma nutq ko‘nikmalarini egallash fikr o‘stirishning asosiy
vositalaridan ekanligini, tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishini,
bu omillarsiz har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lish mumkin
emasligini ham uqtirish lozim. Bu borada faqat nasihat bilan ish
bitmaydi. Yozma nutqni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar, ilmiy
va badiiy adabiyotni mutolaa qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni
bevosita ta’lim jarayonida qo‘llash kerak bo‘ladi. Ajdodlarimiz ta’lim-
tarbiya berish davomida boshqalar hayotini, faoliyatini ibrat qilib
ko‘rsatish usulini qo‘llashgan. Yoshlar turli mazmundagi kitob, badiiy
asar, gazeta, jurnallarni mutolaa qilish jarayonida ko‘p xulosalarni
o‘zlari chiqarib oladilar. Bu esa malakali kadrlar tayyorlashdagi ta’lim
jarayoni maqsadiga erishishni yanada osonlashtiradi. Kitob mutolaasi
borliq, voqea-hodisa, insoniyat, shaxs ma’naviyati, ruhiyati haqida
bilim berish bilan bir qatorda yosh avlod qalbida ezgu fazilatlarni
namoyon etadi, yaqinlariga, Vataniga, ona zaminga muhabbat
tuyg‘ularini uyg‘otadi, yozma ish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Mumtoz madaniy merosni tahliliy o‘rganish jarayonida ularda
aks etgan asosiy qarashlarning hozirda ham o‘z qiymatini
yo‘qotmaganligi ma’lum bo‘ladi. Deyarli, barcha fikr-mulohazalar
–
o‘tmishda aytilgan bugunning gaplari. Faqat ularni anglay bilish
kerak. Yoshlar kelajakka olib boruvchi yo‘lning ajdodlarimiz tafakkur
ziyosi bilan yo‘g‘rilgan sarhadlardan o‘tishini aslo unutmasliklari
lozim. Ajdodlar merosini, o‘tmishini, ma’naviyatini, milliy
7
qadriyatini, o‘zlikni qadrlamasdan, tarix haqidagi xotirani
shakllantirmasdan turib, har tomonlama yetuk, barkamol mutaxassis
kadr sifatida kamol topish mushkul. Zotan, “Tarixiy xotirasiz
–
kelajak yo‘q!”
Yozma ish va topshiriqlarning har qanday ko‘rinishi mumtoz
asarlar mohiyatini o‘zlashtirishda, milliy qadriyatlarni anglashda
muhimdir. Ayniqsa, adabiy mavzudagi insholarning asosiy maqsadi
o‘tmish va bugunning manfaatlarini umumlashtirishga qaratilgan.
Yozma ishlarga e’tibor faqatgina milliy pedagogik tajribada
emas, xorij ta’limi va baholash tizimida ham kuzatiladi. Masalan,
keng yoyilgan til o‘qitish dasturlari hisoblangan
Dostları ilə paylaş: |