8
KIRISH
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini
og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ
savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona
tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan,
nutq va muloqot madaniyati rivojlangan
savodxon shaxsni kamol
toptirish maqsadi qo‘yiladi.
DTS talabiga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni:
- o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini,
mantiqiy tafakkurini o‘stirish;
- moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga
hamda fikr-o‘ylari va his-tuyg‘ularini ona tili imkoniyatlari doirasida
bayon eta olishga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
“Ona tili” o‘quv fani:
- o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha
nutqning og‘zaki, yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish
uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni;
- o‘zbek tilining to‘g‘ri
talaffuz, imlo va punktuatsiya
qoidalarini o‘zlashtirishni;
- o‘zbek tilining lug‘aviy imkoniyatlari aks etgan turli
lug‘atlardan foydalanishni;
- o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli shakllarda
yetkaza olish ko‘nikmalarini
hosil qilishni;
-muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda ifoda
etish yo‘llarini;
-yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy-siyosiy
asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini,
shaxsiy
munosabatini og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish
ko‘nikmasini hosil qilishni;
-moddiy borliqni o‘rganish va uni tafakkur birliklarida
ifodalashda, jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va
boshqa tillarning o‘ziga xos ahamiyatini
his etish uchun zarur
bo‘lgan nazariy ma’lumot hamda amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy
vazifa qilib qo‘yadi.
Yosh
avlodda
ijodiy
tafakkur
va
mustaqil
fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish muhimdir.
O‘quvchining o‘quv
9
materialini o‘zlashtirishi murakkab jarayon bo‘lib, til hodisalarini
kuzata olish, izlanish, qiyoslash, umumiylik va alohidalikni aniqlash,
farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, qo‘llash bilan bog‘liq:
kuzatish
Dostları ilə paylaş: