15
yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur
shartlaridan biridir. Ta’lim jarayonida
adabiy mavzudagi insholar
keng qo‘llanadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar,
deb ham yuritiladi.
Adabiy mavzudagi insholardan ona tili va adabiyot darslarida
keng foydalanish, reyting tizimining oraliq va yakuniy nazoratlarini
insho ko‘rinishida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Adabiy mavzudagi insholar o‘quvchining
badiiy nutqini
rivojlantiradi, unga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a
singari adabiy tasvir vositalaridan foydalanishni, oddiy so‘zlar
bilan
ma’nosi kuchaytirilgan bo‘yoqdor so‘zlarni farqlash va qo‘llay
bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, yozuvchi uslubini tushunish, asar
kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalarni anglash, asar
yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda
bayon qilish imkonini beradi.
Adabiy insholardan faqat adabiyot darslarida emas, balki ona tili
mashg‘ulotlarida ham keng foydalaniladi.
Bunday insholar yozuvchi
mahoratini aniqlashga, asar qahramonlari olamiga kirishga, ularni bir-
biri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini
anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda ona tili qoidalarini,
badiiy uslub xususiyatlarini o‘zlashtirishda ahamiyatlidir.
Adabiy
insholar o‘quvchidan badiiy nutq ko‘nikmasini talab etadi. Masalan,
“Ma’nodosh
va
qarama-qarshi
ma’noli
so‘zlar”
mavzusi
o‘rganilgandan so‘ng o‘quvchilarga yaxshilikni, insonning, ijobiy,
ezgu fazilatlarini ifodalovchi so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolilarini
toptirish, ma’lum bir asar misolida “Yaxshi fazilatlar – inson ziynati”
adabiy inshosini yozdirish mumkin bo‘ladi.
Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi.
O‘quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog‘liq holda badiiy
asarlar,
ulardagi qahramonlar, bayon qilingan qiziqarli voqea-
hodisalarni tahlil qiladilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar.
2.
Dostları ilə paylaş: