Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


INSHO REJASINI TUZISH VA TEZIS SIFATIDA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

INSHO REJASINI TUZISH VA TEZIS SIFATIDA 
SHAKLLANTIRISH
 
Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho 
rejasi tuziladi. 
Reja 
– ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish 
rejimidir. 
Reja 
forscha-tojikcha “kir yoyiladigan ip”, “arqon”; “saf”, 
“qator” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida 
bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal, 
belgili tartib, qoida, o‘lchovni bildiradi (O‘TIL, III, 369).
 
Tuziladigan reja insho mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis namoyon 
qilib turmog‘i, izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda 
tuzilmog‘i darkor.
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yaxshi 
tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchi reja asosida 


25 
qayd etilgan fikrdan keyin nima haqida bayon qilishni aniq his qilib 
turadi. Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko‘rinishda bo‘ladi. 
Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayotganda 
yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda 
shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band 
qisqa va sodda gaplardan iborat bo‘ladi. Sodda shakldagi insho rejasi 
tuzilayotganda 
mavzuga 
har 
tomonlama 
mos 
keladigan 
materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli 
so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zida insho mavzusining barcha jihatlarini yaqqol aks ettirib 
turgan reja namunalari insho mazmunining ixchamlashtirilgan 
shakllaridir. Yaxshi tuzilgan rejalar inshoning yo‘nalishi, tarkibiy 
qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasavvur beradi. Bunday 
tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va reja 
bandlari oxirida nuqta qo‘yiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin