Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Murakkab ko‘rinishdagi rejalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
Murakkab ko‘rinishdagi rejalar 
 
Insho yozishda sodda ko‘rinishdagi rejalar bilan bir qatorda,
mavzuning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab 
ko‘rinishdagi insho rejalarini tuzish mumkin. Murakkab ko‘rinishdagi 
reja namunalari sodda rejalardan o‘zining «Kirish», «Asosiy qism», 
«Xulosa» tarzida tarkibiy bo‘limlarga ajratilishi bilan keskin farqlanib 
turadi. Bundan tashqari, har bir qismning o‘zi alohida bandlarga 
bo‘linadi.
Reja mavzuga mos bo‘lishi va maqsadga muvofiq tuzilishi 
kerak. 
Masalan, 
“Alisher 
Navoiy 
she’riyatining 
badiiy 
xususiyatlari” 
mavzusidagi insho quyidagi murakkab reja asosida 
yozilishi mumkin: 
Reja: 
I. Kirish.
Alisher Navoiy lirikasining badiiy xususiyatlari. 
II. Asosiy qism: 


27 
1. Alisher Navoiy g‘azallaridagi badiiy san’atlar. 
2. Alisher Navoiy ruboiylarida badiiy tasvir. 
3. Alisher Navoiy qit’alari va tuyuqlarida majoz haqiqati. 
III. Xulosa.
Alisher Navoiy she’riyatidan olgan taassurotlarim. 
Adabiy mavzudagi insholarni murakkab, erkin mavzularni sodda 
reja asosida yoritish maqsadga muvofiq. 
Mavzu:
 Boburnoma – jahon memuarining nodir namunasi 
I.
 
Kirish.
Zahiriddin Muhammad Bobur – mahoratli ijodkor. 
II.
 
Asosiy qism: 
1. “Boburnoma” – qomusiy asar. 
2. “Boburnoma”da shaxs surati va siyratining haqqoniy ifodasi. 
3. “Boburnoma”da madaniy munosabatlar tavsifi. 
III. Xulosa.
“Boburnoma” – voqelik esdaliklar tarzida yoritilgan 
asar. 
Bunday 
tipdagi 
reja 
tuzilayotganda o‘quvchilar insho 
mavzulariga alohida diqqat-e’tibor bilan yondashmoqlari lozim
chunki adabiy xarakterdagi insholarning aksariyati voqealarga boy, 
rang-barang timsollar galereyasiga ega bo‘lgan, g‘oyaviy hamda 
badiiy jihatdan mukammal asarlarning mazmuniga asoslangan bo‘ladi. 
Bu esa murakkab insho rejasini tuzishda o‘ziga xos yondashuvni talab 
etadi. 
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi insho rejalarida tinish 
belgilarining ishlatilishi sodda ko‘rinishdagi rejalarga qaraganda 
qiyinroq. Murakkab rejalarda tinish belgilarining qo‘llanilishiga ham
e’tibor qilish kerak. Bunda “Reja”, “Asosiy qism”dan keyin ikki 
nuqta, “Kirish”, “Xulosa”dan keyin nuqta qo‘yiladi. “Asosiy qism” 
uch va undan ortiq, “Kirish”, “Xulosa” qismlari bir band asosida 
yoritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin