Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

3.
 
Ko‘rik-tanlov insholari

Insholarning asosiy qismini 
ta’limiy insholar
tashkil etadi. 
Bunday insholar, asosan, o‘qitishga qaratilgan, o‘rgatishni maqsad 
qilgan insholardir. Til hodisalaridan amalda foydalanishga o‘rgatish, 
o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi 
zarur malakalar, asosan, ta’limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu 
insholarning qoralama va oq nusxalari bo‘lmaydi. Ular, odatda, 
o‘quvchilarning mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun 
matndagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish 
maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o‘quvchi o‘z inshosida 
bemalol foydalanishi mumkin.
Nazoratga qaratilgan insholar
, odatda, katta bo‘limlar 
o‘rganilgandan keyin yoki chorak va o‘quv yili so‘ngida o‘tkazilishi 
mumkin. Ular, asosan, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Shuning uchun 
insho mavzusi oldindan e’lon qilinmaydi. Bu insholar avval qoralama 
nusxada bajarilib, keyin takomillashtirilgach, oqqa ko‘chiriladi. 
Odatda, nazorat maqsadini ko‘zlagan insholarga ikki soat vaqt 
ajratiladi. 
Nazoratga qaratilgan insholar til o‘qitish amaliyotida va reyting 
tizimida ham katta bo‘limlar, mavzular o‘rganilganidan so‘ng yoki 
chorak oxirida, ya’ni oraliq nazorat va yakuniy nazoratda o‘tkaziladi. 
Ular, asosan, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini tekshirish, sinash maqsadida tashkil qilinadi. Bunday 
insholar o‘z mavzusiga ko‘ra ilmiy, adabiy va erkin insho ko‘rinishida 
bo‘ladi. 
Ko‘rik-tanlov uchun yozilgan insholar 
sinf yoki maktab 
doirasidagi ko‘rik-tanlov, ma’lum bir nomdagi tanlov g‘oliblarini 
aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida o‘tkaziladi. Ona 
tilidan insho mavzulari dasturi oldindan e’lon qilinadi; o‘quvchilar 
ko‘rik-tanlov shartlari bilan tanishtiriladi. Shubhasiz, g‘olib 


22 
o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan bunday ko‘riklar 
ijodiy ishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. 
Inshoning bu turlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ta’limiy 
insholar ayni vaqtda nazorat uchun ham xizmat qiladi. Har qanday 
nazorat qilishga qaratilgan insho ta’limiy maqsadni ko‘zlaydi. Ko‘rik-
tanlov uchun yozilgan insholar ham ta’limiy maqsad, ham tarbiyaviy 
maqsadga qaratilgan bo‘ladi. 
Mavzu tanlash, asosiy g‘oyani belgilash, material yig‘ish, reja 
tuzish, shu asosda to‘plangan materialni saralash, fikrni muayyan 
izchillikda bayon qilish, yozilgan matnni qayta ishlash va 
takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun xosdir. 
Yuqorida tilga olingan insho turlari o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lib, ular ustida ishlash usullari ham bir-biridan farq qiladi. 
Matn yaratishning ham o‘ziga xos usullari, darajalari, yuzaga kelish 
sabablari mavjud. Tabiat tasvirini yaratish insonning tashqi qiyofasini 
tasvirlashdan tamomila farq qiladi. Har bir insho turining alohida 
o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish lozim bo‘ladi. 
Insho mustaqil yaratiladigan o‘ziga xos ijod mahsuli bo‘lib, 
o‘quvchi faoliyatining eng murakkab ko‘rinishi hisoblanadi. 
Inshoda o‘quvchining o‘zligi namoyon bo‘ladi. Uning tafakkuri, 
dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o‘zgalarga, jamiyatga 
munosabati, axloqiy-ma’naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorlik 
darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda, insho o‘quvchining 
qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi ko‘zgudir. Bu ko‘zgu orqali u nafaqat 
o‘zini ko‘radi, balki boshqalarga o‘zligini tanitadi, munosabatini ifoda 
etadi, qalb tuyg‘ularini, fikr-o‘ylarini, ichki kechinmalarini bayon 
qiladi. 
Insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy 
til me’yorlarini nutqiy vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi 
asosiy mezondir.


23 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin