Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


INSHO MAVZUSINI SHAKLLANTIRISH VA TANLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

INSHO MAVZUSINI SHAKLLANTIRISH VA TANLASH 
 
Mavzu
arabcha “joylashtirilgan”, “to‘qib chiqarilgan”, “tema”, 
“syujet” ma’nolarini ifodalaydi. “Ilmiy tadqiqot, badiiy asar, fikr-
mulohaza yuritish, suhbat, ma’ruza va sh.k. uchun tanlab olingan 
obyekt” tushunchasini aks ettiradi (O‘TIL, II, 517).
9
 
Insho mavzusi o‘qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan 
kengash, o‘quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama 
qilib tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim. 
1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining 
asosiy jihatlari qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim 
masalalariga bag‘ishlangan, o‘quvchilar qalbida ezgulik tuyg‘ularini 
shakllantirishga, yovuzlikka, jaholatga nafrat, yaxshilikka muhabbat 
uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. 
2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo‘lmog‘i 
kerak.
3. Mavzu o‘quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo‘lishi, 
ularning orzu-umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi 
lozim. 
Insho mavzuni to‘g‘ri belgilashdan boshlanadi. To‘g‘ri tanlangan 
mavzu inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tashlangan ilk 
qadamdir. Mavzu tanlashga o‘rgatish boshlang‘ich sinflardayoq amalga 
oshiriladi. Berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish, ularning 
har biriga sarlavha topish, bir matnga bir necha sarlavha tanlash kabi 
jarayonlar faqat boshlang‘ich sinflarda emas, balki keyingi 
bosqichlarda ham davom ettiriladi. 
Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga muvofiq kelishi va uning 
mazmunini to‘la qamrab olishi lozim. Kuzning shirin-sharbat mevalari 
xususida fikr yuritib, uning sarlavhasini “Polizda” yoki “Qovun 
pishdi” deb atab bo‘lmaydi. Bu mazmunni “Kuz saxovati”, “Kuz 
ne’matlari” kabi sarlavhalar orqali yoritish mumkin. O‘quvchi mavzu 
talabini to‘g‘ri anglashi ham kerak. Masalan, insho mavzusi “Ta’til 
kunlarining birida” deb nomlangan bo‘lsa, o‘quvchi butun ta’til 
haqida, bahorgi yoki yozgi ta’til haqida fikr yurita olmaydi. Mavzu 
9
O
‘TIL - O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V. -T., 2006-2008.


24 
“Mening sevimli qahramonim” deb nomlangan bo‘lsa, o‘qilgan 
asarlardagi barcha qahramonlar haqida fikr yuritib bo‘lmasligi aniq. 
Insho yoki har qanday matnning mohiyati mavzuga mos bo‘lishi 
lozim. Inshoda, albatta, mavzuga mos ravishda asos, ziddiyat, 
taqqoslash, misol, isbot bo‘lishi talab etiladi. 
Insho mavzusi turli yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Adabiy 
mavzulardan tashqari tabiat tasviri, rassomlarning asarlari bo‘yicha 
hamda turli ijtimoiy-siyosiy, badiiy mavzularda ham yaratilishi 
mumkin. 
Insho yozishda muayyan uslub tanlanadi (publitsistik, badiiy 
yoki mavzu talabi va mazmundan kelib chiqqan holda ularning 
birlashgan ko‘rinishidan foydalanish mumkin). 
Sinov maqsadida, davlat attestatsiyalarida o‘tkaziladigan 
insholarda o‘quvchilarga turli variantlar tarqatiladi. Bu holat 
insholarning xilma-xil bo‘lishini ta’minlaydi, ko‘chirishning oldini 
oladi, albatta. Lekin turli variantlar o‘quvchilar qobiliyati, iqtidorini 
teng baholashga monelik qiladi. Negaki kimdir erkin mavzuda, 
kimdir adabiy mavzudagi insholarni yaxshi yozish ko‘nikmasiga ega. 
Mumtoz manbalar tahliliga doir mavzularda har kim ham insho 
yozavermaydi. Ba’zi o‘quvchilarga berilgan variant unga notanish 
bo‘lishi yoki murakkab tuyulishi mumkin. Sinovdan o‘tayotgan 
barcha o‘quvchilarga tanlash asosida bir xil mavzuda insho yozdirish
yozma ishlarni to‘g‘ri baholashga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin