Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

suv, paxta, quyosh
v.h.larning ilmiy 
tasviri kabi. 
Ilmiy tasvirda aks ettirilayotgan narsa-hodisa nomi, qo‘llanish 
doirasi, nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan iboratligi, shakli, 
hajmi ko‘rsatiladi. 
Badiiy tasvirda 
narsa-hodisalarning hamma belgilari emas, balki 
muallif uchun muhim va aniq bo‘lganlarigina ajratib ko‘rsatiladi. 
Bunday tasvirda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish kabi vositalardan, 
badiiy so‘z va iboralardan bemalol foydalana oladi.
Tasviriy insho o‘quvchi tomonidan yaratilgan mustaqil, kichik 
hajmli badiiy, ijodiy asardir. 
Tasviriy inshodan kundalik, oraliq nazoratlarda unumli 
foydalanish o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, ayniqsa, badiiy tasvir 
vositalarini o‘rinli qo‘llash uchun keng imkoniyat yaratadi.
Kundalik 
– birinchi shaxs tilidan hikoya qilinuvchi asar bo‘lib, 
muallif o‘z hayotidagi u yoki bu hodisa haqida yozishi mumkin. 
Badiiy adabiyotda qahramonlarning kundalik qaydlari uchraydi, 
bunday o‘rinlarda kundalik badiiy nasrning bir janri sifatida yuzaga 
chiqadi. Kundalik mavzuni tanlashda erkinligi, keng kompozitsion 
imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Fikr va taassurotlarni erkin 
ifodalash, shuningdek, qahramonning xarakterini to‘la va atroflicha 
ochib berish, qalbidagi nozik hislarni yetkazishda ham qulaylik 
tug‘diradi.
 
Kundalik janrida muallifga namunaviy eslatmalar, mavzuni 
shakllantirish, maqsadni aniqlash muhimdir. Kundalikda hodisalar 


20 
to‘la, chuqur va obyektiv ravishda yoritiladi, dalillar izohlanadi, 
insonlar xarakteri, ularning xatti-harakatlari ochib beriladi; mustaqil 
fikr, qarashlar, taassurotlar ifodalanadi; kerakli uslub tanlanadi. 
Kundalik janrida insho yozuvchilarga eslatmalar: 
- insho mavzusi shakllantiriladi;
- maqsad aniqlanadi: 
- o‘quvchiga ma’lum informatsiya beriladi;
- o‘quvchi qalbida muayyan tuyg‘ularni uyg‘otishga harakat 
qilinadi;
- yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish rejalashtiriladi; 
- salbiy illatlarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi; 
- faktik ma’lumotlar va voqea-hodisalar ifoda etiladi;
- voqea- hodisalar tavsiflanadi; 
- bildirilgan fikr-mulohazalarga munosabat ifodalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin