Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Erkin mavzudagi insho
adabiyot fani dasturida qayd 
etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, 
urf-odat, an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq 
axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi. O‘quvchining 
ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy 
dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik 


16 
qobiliyatini, his-tuyg‘ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar 
erkin mavzudagi insholardir.
8
Badiiy adabiyotdan yaxshi xabardor o‘quvchigina erkin mavzuda 
qiynalmay insho yozishi mumkin. Erkin mavzudagi insholar mavzusi 
va materiallari hayotning turli sohalariga oid bo‘lishi mumkin. Bunday 
nazorat turi o‘quvchidan hayotni yaxshi tushunish va bilishni,
voqea-hodisalar haqida yetarli, ilmiy, aniq ma’lumotga ega bo‘lishni, 
o‘z fikr-mulohazasini bayon eta olishni, o‘qilgan badiiy asarlar, 
teleko‘rsatuvlarni, kinofilmlarni, teatr namoyishlarini muhokama qilib, 
mustaqil xulosa chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun erkin 
mavzudagi insholar adabiy insholarga qaraganda murakkabdir. Erkin 
mavzudagi insho o‘ziga xos kichik nasriy asar bo‘lib, unda 
o‘quvchining o‘zligi ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Nazoratlarda “Mening sevimli qahramonim”, “Ommaviy 
axborot vositalariga munosabatim”, “Ustoz o‘gitlari”, “Vatanga 
sadoqat” va shu kabi erkin mavzularda insho yozish mumkin. 
Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo, 
asoslaniladigan manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbai 
adabiy asarlar bo‘lsa, erkin insholarning manbai serqirra hayot, 
o‘quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari bo‘lishi mumkin. 
Umumta’lim jarayonida adabiy va erkin mavzudagi insho 
asosida davlat imtihoni o‘tkaziladi.
Har qanday matn, shu jumladan, insho ham muayyan janr 
xususiyatlarini namoyon qiladi. An’anaviy insho adabiy-tanqidiy 
maqolaning analogiyasini o‘zida aks ettiradi. Insho uchun eng maqbul 
janrlar sifatida adabiy-tanqidiy maqola, esse, ocherk, kundalik, 
maktubot janri, sayohatlar e’tirof etiladi. Bularning barchasini ham 
adabiy, ham ommabop mavzularda yozish mumkin. Turli janrdagi 
insholar ustida ishlash sermulohaza, savodli o‘quvchini tarbiyalaydi, 
tildagi ma’no nozikliklarini fahmlash, badiiy did, obrazli fikrlash va 
ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. O‘quvchi ijodiy yondashuvi orqali 
yozma ishning o‘ziga xos xususiyatini yaxshiroq anglaydi. Bunday 
insholar nisbatan mustaqil va turli-tuman bo‘ladi. Ularning mohiyatini 
anglash uchun insho ta’limini muayyan tartibda olib borish kerak 
bo‘ladi. Janrning o‘ziga xosligini tushuntirish, nazariy bilish; turli 
8
Darslik va qo‘llanmalarda insho turlari uch guruhga ajratilgan: 1. Adabiy mavzudagi insho. 2. Adabiy-ijodiy 
mavzudagi insho.3. Erkin mavzudagi insho. Adabiy mavzudagi va adabiy-ijodiy mavzudagi insholar mohiyatiga 
ko‘ra yaqin bo‘lgani bois ushbu metodik qo‘llanmada birlashtirib berildi.


17 
janrdagi badiiy asar yoki adabiy tanqidchilik namunalarini o‘qish va 
tahlil qilish; turli mualliflarning bir asarga bag‘ishlangan maqolalarini 
taqqoslash; badiiy asar yoki adabiy tanqidning janr xususiyatlarini 
o‘zlashtirishga yordam beruvchi, o‘quvchilarning ma’lum bir janrda 
insho yozishiga ko‘maklashuvchi namunaviy savollar tuzish; yozma 
ishlarni bajarish va ularni tahlil qilish asosiy vazifalar hisoblanadi. 
Adabiy-tanqidiy maqola, taqriz, esse badiiy asarlarni va ularda 
aks ettirilgan hayot hodisalarini baholash hamda izohlashga qaratilgan 
adabiy tanqid janrlari hisoblanadi. Adabiy tanqid ham zamonaviy, 
ham mumtoz adabiyotni o‘rganadi, u estetika, adabiyot nazariyasi va 
tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Adabiy tanqid xususiyatlari vaqt 
o‘tishi bilan yangilanib boradi, uning maqsad va vazifalari ham 
o‘zgaradi.
Adabiy turdagi janrlardan ayrimlari uslub xarakteriga ko
‘ra 
inshoni eslatadi. Insho o‘quv jarayoni, ta’lim bosqichlari, o‘qitish, 
ta’lim berish, baholash tizimi bilan xarakterlanadi va shu jihatlari 
bilan yondosh adabiy janrlardan ajralib turadi. Inshoning insho-
miniatyura, muhokama-insho (esse), kartina bo‘yicha insho, tavsifiy 
insho, mulohaza-insho, tasviriy insho, kundalik, maktub, rivoyat-
insho, ertak- insho kabi ko‘rinishlari ham qayd etilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin