it timsoli Qobil bobo atrofidagi poraxo‘r, vaziyatdan unumli
foydalanadigan amaldorlarni,
bayram esa ular uchun yuzaga kelgan
imkoniyatni ifoda etadi. “Bemor” hikoyasiga epigraf sifatida
tanlangan
Osmon uzoq – yer qattiq maqoli esa “ilojsizlik”
tushunchasini
ta’sirchan
ifodalashga
xizmat
qilgan.
Yoki
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romaniga epigraf sifatida keltirilgan
Hamal keldi – amal keldi maqoli inson umrining gul fasli, yaxshi
kunlarga, asar nomidagi
kunduz ga ishora qilganini ta’kidlash mumkin.
Epigraf muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr-mulohazalarning asosiy
mohiyatini aks ettiradi.
Insho mavzusidagi yetakchi g‘oya epigraf orqali ifodalanadi.
Nasriy yoki she’riy asar matnidan; yozuvchining xatlari, kundaligidan;
tanqidiy maqolalardan olingan fikrlarni yoki maqol, aforizm,
matallarni epigraf sifatida keltirish mumkin. Masalan, “Alisher
Navoiy – she’riyat mulkining sultoni” mavzusiga Abdulla Oripovning
“Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher” misralarini epigraf sifatida
tanlash mumkin.
Odatda, insho yozayotgan o‘quvchi o‘zining keng mulohazaga,
teran fikrga, aniq bir dunyoqarashga egaligini anglatish uchun
mavzuga har tomonlama mos keladigan, unga ohangdosh tarzda
jaranglovchi hikmatli so‘z hamda gaplardan, maqol va matallardan
epigraf sifatida ustalik bilan foydalanadi.
Yarim yoki bir sahifalik epigraflar inshoning mazmuniga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.
Aksariyat holatlarda ular qo‘shtirnoqqa olinmaydi, biroq undan
so‘ng epigraf olingan manba yoki muallifning ism-familiyasi, albatta,
ko‘rsatilishi shart. Masalan: «Avaz O‘tar ijodida ozodlik, ilm-fan va
madaniyatning targ‘ib qilinishi», degan mavzu uchun quyidagi fikrni
epigraf sifatida tanlash mumkin: