31
mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, tezis ham shu darajada mukammal
bo‘ladi.
Tezislar butun insho mazmuniga yo‘naltiradi,
shu bilan bir
qatorda yaxshi insho yozishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar tezisi – bu inshoda siz isbotlashga urinayotgan munozarali
nuqtayi nazarlardir.
Tezislarning aniq bo‘lishi talab etiladi. Masalan, “O‘lim ular
uchun fojia emas, balki azobli hijrondan qutqarguvchi xaloskor,
pirovard maqsadlari bo‘lmish Yaratganning
vasliga noil qiluvchi
vosita edi”.
Ba’zan tezisda fikrlar borasida ma’lumot berish kerak bo‘ladi va
bu bilan o‘quvchi maqsadga yo‘naltiriladi: “Navoiy Laylining o‘limi,
otasining qahrini va ikki oila o‘rtasidagi nizolar tasvirini keltirib,
yurak va aql doim turlicha harakat qilishini namoyon qiladi”.
Demak, inshoning yuzaga kelish jarayonini quyidagicha
modellashtirish mumkin:
mavzu→ reja → tezis →matn.
Dostları ilə paylaş: