33
qanday dunyoqarashga ega ekanligidan, uning bilim va malakalari
o‘lchovidan yaqqol dalolat berib turadi.
INSHOGA MATERIAL TO‘PLASH
Muayyan mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid
adabiyotlarni chuqur o‘rganish, ma’lumotlarni
umumlashtirish,
xulosalash, mavzu mohiyatini anglash talab etiladi. Inshoga material
to‘plash ham mavzuni to‘g‘ri yoritishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchi inshoga material to‘plashi, tartibga solishi, uni muayyan
izchillikda berishi va mavzu talabini to‘g‘ri anglashi lozim.
Insho
uchun suhbat, hikoya asosidagi taassurotlar, o‘qilgan badiiy asarlar,
tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar,
shaxsiy kuzatish va
tajribalar, kundalik hayot voqealari boy material bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir o‘quvchi borliqni, undagi narsa-buyum, voqea-
hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy asar qahramonlarini o‘z
nigohi bilan ko‘radi. Demak har bir o‘quvchi inshoga o‘zicha material
to‘playdi.
Insho uchun asosiy material bu, avvalo, hayotning o‘zi,
uning kitoblardagi, san’atdagi ifodasidir. Shuning uchun har bir
o‘quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to‘la shakllangan bo‘lishi
lozim. Kuzatish bevosita o‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil
ravishda amalga oshirilishi mumkin.
O‘quvchi insho yozish
uchun borliqni kuzatar ekan, nimalar
haqida fikr yuritish lozimligini o‘ylaydi va shunga muvofiq keladigan
materiallarni yig‘adi. O‘quvchiga o‘zi o‘qigan, kuzatgan, bilgan
narsalar yoki voqea-hodisalar xususida yozish ancha oson kechadi.
Insho uchun material to‘plashda manba muhim ahamiyatga ega.
Masalan, rasm asosida material to‘plash
borliqni kuzatish yoki
badiiy asar asosida material to‘plashdan farq qiladi. Rasm asosida
material to‘playotganda ko‘proq rassomning maqsadi, unda
tasvirlangan narsa, voqea-hodisalar,
ranglarning tanlanishi, tasvirning
diqqatga sazovor tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko‘proq
e’tibor qaratilsa, badiiy asar asosida material to‘playotganda
yozuvchining maqsadi, asarda ishtirok etgan shaxslar,
yozuvchi yoki
shoirning obraz yaratish mahorati, asar mazmunidan chiqariladigan
xulosa kabilar markaziy o‘rinni egallaydi.
To‘plangan materialni tartibga solish va uni
muayyan
izchillikda bera olish ham o‘quvchi uchun o‘ta zarur malakalardan biri
34
sanaladi. Tartibga solish, avvalo, to‘plangan materialni saralab, uning
ichidan yoritilayotgan
mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy
izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o‘quvchiga puxta o‘ylab
tuzilgan reja yaxshi yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: