Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


fikrning  mantiqan to‘g‘ri, aniq va izchil



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

fikrning 
mantiqan to‘g‘ri, aniq va izchil
bo‘lishidir.
Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo‘lsagina uning 
ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa, voqea-hodisaga 
sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to‘g‘ri baho bera olish
shu yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil tartiblash, uni isbotlay 
bilishni talab etadi. O‘quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni 
ikkinchisi bilan mantiqan to‘g‘ri bog‘lay olishi, mavzuga aloqador 
bo‘lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, 
qaytariq fikrlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Nutq mantiqiy fikrlash mahsulidir
. U taqqoslash, guruhlash
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas 
bog‘langan. 
Nutqning mantiqan to‘g‘riligi
fikrlarning aniq va bir-biriga 
izchil bog‘langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda 
mantiqiy ziddiyatlar va g‘aliz jumlalar bo‘lmasligini, hukm va 
xulosalar asosli, ishonarli bo‘lishini talab etadi.
 
Nutqning aniqligi
faqat narsa, voqea-hodisani tasvirlash yoki 
bayon qilish emas, balki shu narsa voqea-hodisa uchun xos bo‘lgan 
belgilarni aniqlash, ularning tasviriga mos tushadigan so‘z, so‘z 
birikmalari va gaplarni tanlashdan ham iboratdir. Aniqlik nutqning 
boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas bog‘langan. 
Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilishi
ham unga 
qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. O‘quvchi so‘z, so‘z birikmasi 


37 
va gaplarni bir-biriga bog‘lash, kelishik va egalik qo‘shimchalarini 
o‘rinli qo‘llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi 
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. 
Nutqqa qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning 
soddaligi va 
sofligidir. 
Sodda nutq, avvalo, tushunarli bo‘ladi. Nutqning tushunarli 
bo‘lishi, bir tomondan, fikrni qisqa, aniq bayon qilish, tushunarli 
bo‘lmagan g‘aliz jumlalardan saqlanishda namoyon bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liqdir. 
Demak, o‘quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin