Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Nutqning sofligi,
avvalo, uning tozaligi demakdir. Ma’lumki, 
o‘quvchilar nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek 
adabiy tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutqni bunday 
so‘zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy 
imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish muhimdir.
Insho o‘quvchini ijod qilishga, fikr yuritishga undashi, aqliy 
mehnatga qiziqish uyg‘otishi zarur. Shunga ko‘ra, o‘quvchining 
yozgan ijodiy ishi - inshoga bir qator talablar qo‘yiladi.
 
Insho 
yozishdagi asosiy talablar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 
1. Dastavval, insho husnixat bilan bitilishi lozim. Bunda 
harflarning aniq va to‘g‘ri yozilishi talab etiladi.
2. Insho matni mavzuga mos reja asosida bayon qilinishi kerak. 
Insholarda rejaning mavzuga mos emasligi, ayrim hollarda 
mazmunning rejaga muvofiq emasligi kuzatiladi. Sinov insholarida 
ko‘p kuzatiladigan bir holat: o‘quvchi qo‘yilgan balldan norozi bo‘lib, 
apellyatsiyaga ariza yozadi, hajm jihatidan talab darajasida, xatosiz 
insho yozganini ma’lum qiladi. Masalan, 
“Xamsachilik an’anasi”
mavzusidagi inshoga o‘quvchi quyidagicha reja tuzgan: 
Reja: 
1. Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni. 
2. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni. 
3.
 
“Xamsa” dostonlarining g‘oyaviy-badiiy mazmuni. 
4. Xulosa. 
Rejada xamsachilik an’anasi emas, Alisher Navoiy “Xamsa”si
haqida so‘z borgan. Umumlashtiruvchi xarakterdagi mavzu o‘rnida 
xususiy mavzu yoritilgan. Reja sodda bo‘lsa-da, xulosa qismi 
keltirilgan. Bunga ham mayli, deydigan bo‘lsak, unga muvofiq tarzda 
kirish qismi ham keltirilishi kerak edi. Umuman, kirish va xulosa 
qismlari sodda reja bandlarida keltirilmagani ma’qul. Lekin 


38 
o‘quvchining inshosi mazmunida bu qismlardan foydalanishi ijobiy 
ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, adabiy mavzudagi insholarning 
murakkab reja asosida yozilishi maqsadga muvofiq. 
Ba’zi hollarda o‘quvchi inshoni rejaning har bir bandiga javob 
tarzida raqamlar qo‘ygan holda shakllantiradi. Bu o‘quvchining oddiy 
insho yozishdagi oddiy talabni ham bilmasligini ko‘rsatadi. O‘z 
navbatida, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining e’tiborsizligini ham 
namoyon qiladi. Negaki o‘quvchi umumta’lim partasidan hech 
bo‘lmaganda insho yozish texnikasini o‘rganib chiqishi kerak. 
O‘qituvchi, albatta, inshoning reja bandlariga muvofiqligi raqamlar 
bilan emas, abzaslar bilan belgilanishini uqtirishi lozim. 
Bir qator insholarda rejaning to‘g‘ri yoritilishiga amal 
qilinmaydi. Insho boshidan oxirigacha rejaning birinchi bandiga 
bag‘ishlanadi. Rejaning qolgan bandlari yoritilmay qoladi. Ayrim 
insholarda esa reja bandlarini yoritishda izchillikka amal qilinmaydi. 
Reja bandlari yoki aralash holatda, yoki o‘rnini almashtirgan holda 
bayon etiladi. Rejaning to‘g‘ri tuzilishi maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishi, 
mazmunning mavzuga mos tarzda ifodalanishini ta’minlaydi. 
3. Insho yozma ijodiy ish sifatida matnning asosiy belgisi 
bo‘lgan mazmuniy butunlikka ega bo‘lishi darkor. Insho matnining 
o‘zaro bog‘liqligi, izchilligi hamda mantiqiyligini ta’minlash asosiy 
o‘rin tutadi. Buning uchun, dastlab, qoralamada inshoning rejasini 
tuzish, shu rejaga mos matn yaratish va inshoni yozib tugatmaguncha, 
oqqa ko‘chirmaslik tavsiya etiladi. 
4. Inshoga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – uslubiy birlik va 
ifodalilikdir. Bunga erishish uchun badiiy uslub talablariga amal qilish 
lozim. O‘quvchi inshosiga chinakam ilmiy, ommabop va badiiy 
asarlar kabi qat’iy talab qo‘yilmasa-da, matn adabiy me’yorlarga 
muvofiqlik nuqtayi nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
5. Fikrni ifodalash uchun so‘zlarni aniq tanlash, jumlalar 
soddaligi talab qilinadi. Inshoni yozishda o‘quvchidagi yaqqol 
tasavvur, ma’lum bir tuyg‘ular ifodasi hamda emotsionallik, faktik 
ma’lumotlarni keltirishdagi aniqlik muhim ahamiyatga ega. 
6. Insho hajm jihatidan ham talab darajasida bo‘lishi kerak.
Odatda, insho o‘rtacha 5-7 sahifa hajmida yoziladi. O‘ta ixcham 
shakllarda yozilgan yoki mazmuni mavzuga aloqador bo‘lmagan 
fikrlar bilan to‘ldirilib yuborilgan katta hajmdagi insholar salbiy 
baholanadi. 


39 
7. Insho matnini mazmuniy qismlariga muvofiq ravishda 
abzaslarga ajratish va xat boshidan yozish talab etiladi. 
Inshoda mavzuga doir masalalar mazmun-mohiyatini insho 
strukturasiga mos holda ochish vazifasi qo‘yiladi. To‘g‘ri 
shakllantirilgan insho uch muhim – kirish, asosiy, xulosa qismlaridan 
tashkil topadi. 
Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko‘rsatish o‘rinlidir. 
Kirish 
Asosiy qism
Xulosa 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin