49
Orden va medallarning nomi bosh harf bilan
orden
va
medall
so‘zlari kichik harf bilan yoziladi:
«Mustaqillik» ordeni, «Do
‘
stlik»
medali
.
Universitet, institut, fakultet, kafedra nomlarining birinchi so‘zi
bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan yoziladi:
Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent moliya instituti,
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbek filologiyasi fakulteti,
Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi.
Bu tipdagi nomlanishlarda “atab
qo‘yish”ga nisbatan “umumning bir qismi” semasi ko‘proq aks etgani
bois qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
Nomlar tarkibidagi
Milliy
sifatlovchisi bosh harf bilan yoziladi:
O‘zbekiston Milliy universiteti.
Mashhur shaxslar ismi bilan yuritiladigan muassasalar
nomidagi
(
nomli
emas) izohlovchisi bilan qo‘llanadi:
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti.
SH, CH, NG
harfiy birikmalarining bosh shakllari qisqartma
so‘zlarda standart shaklni ta’minlashda qo‘llanadi: masalan, “
TONG”
ishlab chiqarish birlashmasi. Oddiy hollarda harfiy birikmalarning
ikkinchisi kichik shaklda yoziladi:
Shohruh, Charos.
Dostları ilə paylaş: