35
paragraflar va gaplar orqali fikrni grammatik jihatdan aniq va
tushunarli bayon qilishdir. Og‘zaki
nutq ham, yozma nutq ham
monologik, dialogik va polilogik shakllarga ega.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi
bo‘lib, ma’lumot uzatish, xabar berish, o‘qilganni qayta so‘zlab berish
shaklida namoyon bo‘ladi. Insho matni monologik nutq tarzida
namoyon bo‘ladi.
Yozma nutq ustida ishlash og‘zaki
nutqqa qaraganda ancha
murakkab jarayondir. Bunda o‘quvchidan grammatik va mazmun
jihatidan to‘g‘ri jumla qurish, har bir so‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri
qo‘llash, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon
ifodalash, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarish talab
etiladi.
Yozma nutq imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog‘liq.
So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrni uslub
talabiga muvofiq bayon qilish o‘quvchidan katta mas’uliyatni talab
etadi.
Yozma nutq tekshiriladi,
tuzatiladi, takomillashtiriladi, bu
jihatdan u og‘zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega.
O‘quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni
bartaraf etadi, keyingi ishlarda bu xato va kamchiliklarga yo‘l
qo‘ymaslikka intiladi. Yozma nutqdagi imlo va tinish belgilari ustida
ishlash matn mazmuni ustida ishlash bilan yaxlit birlik hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: