43
yaqinlashish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘laroq va
aniqroq ifodalash maqsadida amalga oshirildi. "Ushbu
qonun
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek
yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940- yillardagi ijobiy
tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-
xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning
har taraflama kamol
topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi
qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi”.
12
Mazkur qonunga muvofiq
lotin alifbosi o‘ttiz bitta harf va bitta tutuq belgisi (apostrof)dan iborat,
deb belgilandi. Qonunning 2-moddasida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek
yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori
bo‘lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirilitsani
o‘rganish va ulardan foydalanish uchun
zarur sharoitlar saqlab
qolinishi ta’kidlandi.
1995- yilning 6- mayida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish
haqida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra:
1) 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof) dan»
so‘zlari «26 harf va uchta harflar birikmasidan» so‘zlari bilan
almashtirildi;
2)
Ss, Jj
harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan
chiqarildi;
3)
Dostları ilə paylaş: