She'r matni tahlili reja



Yüklə 57,8 Kb.
səhifə1/4
tarix07.11.2022
ölçüsü57,8 Kb.
#67877
  1   2   3   4
SHE\'R MATNI TAHLILI



SHE'R MATNI TAHLILI
Reja:
1.She’r haqida umumiy ma’lumot
2.Quyida she`riy asarni o`rganish bosqichlari
3.Boshlang’ich sinflarda she'r matni tahlili

She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.


She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqeahodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o’qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.
Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta`limning maqsadi ham amalga oshmaydi.

She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma`nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi.


4-sinfda Q. Hikmatning “Qish to’zg`itar momiq par” she’rini o’rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o’qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib beradi. Ma`lumki, qish fasli go’zal ko’rinishi bilan odamda yoqimli tuyg`ular uyg`otadi.
Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynashdan olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, dala-bog`lar kishida ajib bir kayfiyat uyg`otadi.
Qish to’zg`itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o’rganish jarayonida agar qor yog`magan bo’lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo’shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo’lib tovlanishiga, ko’zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o’rganish darsi dastlab o’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning o’ziga xos belgilari, qishda o’ynaladigan o’yinlar, qish manzarasi yuzasidan savoljavob o’tkaziladi. O’quvchilarning qish faslida sovuq bo’lishi tufayli ayrim qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to’ldiriladi. SHundan so’ng o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi.

Quyida she`riy asarni o`rganish bosqichlarini bir she`r misolida yoritishga harakat qilamiz.


She`riy asarni o`rganishni quyidagi kabi bosqichlarda tashkil etish mumkin:
1. She’r matni tahlilidan oldin o`quvchilarni she`rni o`qish va tushunishga tayyorlovchi, ularni fikrlashga undovchi metodik ishlar amalga oshiriladi. Bunda she`r mavzusiga bilan aloqador topishmoqlardan, afsonalardan foydalanish bir usul sifatida qo`llanishi mumkin:
Oppoqqina dasturxon
Er yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)
Yoki qor haqidagi afsonalardan hikoyalab berish mumkin: Qadimda osmondan un yog`ilar ekan. Odamlar o’z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko’z boy unlarning o’ziga keragidan ham ortig`ini qoplab o’z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O’z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. SHunda osmon-u quyosh va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo’yishibdi.
Savol: Bugungi darsimizda qaysi mavzudagi asarni o`rganar ekansiz?


  1. Yüklə 57,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin