Mustaqil ish.1-topshiriq: She’rni ichingizda qayta o’qing. Qaysi misrada o’xshatish borligini aniqlang.
Tomlar kiydi oq qalpoq Hovlilarda sen tepa.Osmon elak, nazdimda, Shahrimizga un separ. − Oxirgi to’rtlikdagi “O’rar kumush choyshabga” misrasida ham o’xshatish bor. 2-topshiriq: She’rdan qorga berilgan buyruqni topib o`qing.
Etar shuncha yoqqaning Uzoq dala, qirga bor!(buyruq)
Vodiylarga fayz berib Gullat bog`-u rog`ini.( buyruq)
O’ra kumush choyshabga,O’lkamning har yog`ini. topshiriq: Jonsiz narsalar she’rda jonli qilib ifoda etilgan misralarni topib o`qing.
Ular seni kutmoqda Har zarrangga bo’lib zor. Savab bulut to’shagin Qish to’zg`itar momiq par.
topshiriq:Shoir quyidagi misralarda nimalarni nazarda tutadi?
Osmon elak nazdimda SHahrimizga un separ... O’ra kumush choyshabga O’lkamning har yog`ini. topshiriq. She’r matni asosida xattaxtaga yozilgan so`zlarning ma`nosini izohlang: to’zg`itar, momiq par, oq namat, nazdimda, zarra. She’rdagi qahramonlar ustida ishlash.
− She’rda nimalar haqida gap boryapti?Ularni she’rdagi qahramonlar deyish mumkinmi? Nima uchun?
− She’rda ishtirok etgan qahramonlarni ayting (Qish, izg`irin, avtobus, osmon).
− She’rda kim g`orga qarata gapiryapti? (SHoir)
− Shoirning qorga qarata aytgan gaplarini topib o’qing.
Ijodiy ish uchun topshiriq:She’r mazmuniga mos rasm chizish.
She’rdan olgan taassurotingizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda she’r matnidagi quyidagi so’z va iboralardan foydalaning: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izg`irin, fayz beradi, oq kiyimda.
She`r matni tahlili Pirls nazorati talabi asosida quyidagi tartibda ham tahlil qilinishi mumkin:
Q.Hikmatning “Qish to`zg`itar momiq par” she`rida qishning tabiati kimning tilidan bayon qilingan?
Shoir – Qudrat Hikmat tilidan.
O`quvchi tilidan.
Mahalla odamlari tilidan.
Bobo tilidan.
Xulosaqilibaytganda, she’rnio’qigandakichikyoshdagio’quvchilartabiatvajamiyatvoqea-hodisalariningpoetiktasviridanhayajonlanishlarimuhimahamiyatgaega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir.