106
novateurpublication.org
Antinevrit vitamin tarkibida oltingugurt bor, shuning uchun unga tiamin deb
nom qo`yilgan.Tiamin moddalar almashinuvining turli jarayonlarida muhim rol’
o`ynaydi. U tiaminprofosfat ko`rinishida to`qimalarda ketokislotalarning
dekarboksillanishini katalizlaydigan fermentlar kofermenti bo`lib
xizmat qila-
di. Ketokislotalarning dekarboksillanish jarayoni izdan chiqqanda, ular nerv hu-
jayralarda to`planib, bu hujayralarning yallig’lanishiga sabab bo`ladi. Tiamin
nerv impul’slarini o`tkazib beruvchi madda-atsetilxolin almashi-nuviga katta
ta`sir ko`rsatadi va markaziy nerv sistemasining normal
faoliyati uchun muhim
rol o`ynaydi. Shuning uchun tiamin nerv sistemasining turli kasalliklarini
davolashda keng qo`llaniladi.
Organizmda tiamin balansining buzilishi, markaziy nerv sistemasi tomo-nidan
glyukozaning o`zlashtirilishini yomonlashtiradi va miya uchun zaxarli bo`lgan
moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlarini to`planishiga olib keladi. Demak
B
1
vitaminining eng ko`p miqdori bosh
miya tomonidan foydalaniladi, u
atsetilxolin va nuklein kislotalar sintezida qatnashadi. Tiamin atsetilxolin va
xolinestraza sinteziga ta`sir yetish bilan birga nerv sistemasida qo`zg’alishning
o`tqazilishida ishtirok etadi. Keyingi vaqtlarda tiaminning suv va mineral
tuz almashinuviga ta`sir yetishi haqidagi ma`lumotlar olingan. Tiamin moddalar
almashinuvida koenzim sifatida ishtirok etadi.,
B
1
avitaminozida beri-beri kasalligi rivojlanadi, asab to`qimasining kislo-rodni
iste`mol qilishi pasayadi va unda to`la oksidlanmagan moddalar yig’iladi.
Natijada harakatning buzilishi bilan boradigan polinevrit (ko`pchilik nerv-
larning shamollashi) ni keltirib chiqaradi. Birinchi
galda yurish harakati
buziladi, kasal odam oyog’ini sudrab, qiyinchilik bilan yuradi. Tez charchash,
ishtahaning pasayishi va ozib ketish kuzatiladi. Bemorning yuragi tez-tez ura
boshlaydi, qo`l va oyoq muskullaring falajlanishi kuzatiladi. Ayrim hollarda nafas
muskullarining falajlanishi tufayli o`limga ham sabab bo`ladi. Og’riq
va teri
sezuvchanligi pasayadi.Yurak va me`da - ichak yo`llari faoliyati buziladi.
Tiamin nerv, yurak kasalligi, me`da va o`n ikki barmoq ichak kasalliklarini
davolashda keng qo`llaniladi. Vitamin B
1
turli teri kasalliklarida, jumladan ekzema,
psoriaz va qichimalarda ham buyuriladi. Avitaminozlar nafaqat insonlarda, balki
hayvonlarda ham kuzatiladi. Oziqalarda vitamin yetishmasligiiparrandalarda
ko`proq, cho`chqa, buzoq va qo`zilarda kamroq uchraydi. Tiamin yetishmasli-
giining alomatlari ko`pchilik hayvonlarda ishtaha yo`qolishi,
ozib ketish,
muskullarning zaif bo`lib qolishi, nerv sistemasi funksiyalarining tobora izdan
chiqib, talvasalar tutishi va falajlar boshlanishiga olib kelishi bilan ta`riflanadi.
Tiaminga bo`lgan eng kam ehtiyoj 100 kg tana vaznisi hisobiga otlarda 3 – 5
mg ni, cho`chqalarda 2 – 4 mg ni, tuxum qilib turgan tovuqlarda 100 gr oziq
aralashmasida 60 - 80 mg ni tashkil etadi. Katta yoshdagi odamning B1