Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
vitaminiga bir kecha-kunduzgi talabi o`rtacha 2 mg-3 mg. Bu ehtiyoj ovqat tarkibi 
va umumiy kaloriyasiga bog’liq. Uglevodli ovqat yeganda vitamin B

ga bo`lgan
ehtiyoj yog’li ovqatdagiga nisbatan ancha ko`p bo`ladi. Shuningdek og’ir jismoniy
ish vaqtida 5 mg ga etadi.
B
1
vitamini organizmda yig’ilmaydi va siydik orqali chiqarilib turiladi, shuning
uchun u uzluksiz qabul qilinishi kerak. Tiamin tabiatda keng tar-qalgan. 
Ayniqsa, u achitqida ko`p bo`ladi. Tiamin donli va dukkakli o`simlik-larning
urug’ida va po`stida, kepakda, kartoshkada, yashil barglar tarkibida, jigar,
buyrak, yurak, yong’oq, tuxum sarig’i tarkibida bor.
 
B
1
ga boy ovqatlar yeb turilmasa beri-beri kasalligi paydo bo`ladi. Beri-beri hindcha 
so`z bo`lib, iloji yo`q, degan ma`noni bildiradi, chunki XX asrga qadar vitamin B
1
yetishmasligiidan kelib chiqadigan kasalliki davolash usuli noma`lum edi. Seylon 
tilida beri-beri quvvatsiz, harakatsiz demakdir. Bu kasallik ro`y bera boshlaganda 
odamning ishtahasi yo`qolib, ozib ketadi, so`ngra nerv kasalligi alomatlari paydo 
bo`ladi. Teri sezuvchanligi yo`qolib boradi va falajlik boshlanadi, yurak faoliyati 
buziladi. Yurak hajmi kattalashib, tez uradi, yurak sohasida sanchiq paydo bo`ladi. 
Ko`pincha bunda organizmda suv almashinuvi buziladi, natijada badan va oyoq 
shishadi, keyinchalik shish qorin va ko`krak qafasi sohasiga o`tadi. 
Yosh bolalarda vitamin B
1
ning yetishmasligiina ular rangining oqarib ketgani, 
ishtahasining bo`g’ilishi, o`qchish, qusish, tomir tortishishi alomatlaridan bilish 
mumkin. Kattarok bolalarda esa vitamin B
1
yetishmaganda ishtaha bo`lmaydi, qorni 
og’riydi, qabziyat paydo bo`ladi, salga toliqadi va jizzaki bo`lib qoladi. Vitamin B
1
preparatlari tabletka, draje, poroshok holida, eritmasi ampulalarda chiqariladi. B
1
gipovitaminozda, moddalar almashinuvi buzilganda, chipqon chiqqanda va 
kasalliklarning oldini olish maqsadida buyuriladi Uning biologik faol formasi
kokarboksilazadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin