So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 
 
 


230 
7.4. Keyingi avlod tarmog‘i elementlari 
 
Keyingi avlod tarmog‘i (NGN) tarmoqning yangi konsepsiyasini, 
tovush funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning 
afzalliklari va samaraligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoq o‘z ichiga 
oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning birlashishida aks 
etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini 
bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va 
ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida 
tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi. 
NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida 
qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar 
ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
Media - shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiruvlarni 
terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan 
tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiruvlar 
uchun 
teskari 
operasiyani 
o‘tkazadi. 
ISDB/POTS 
chaqiruvlar 
signalizatsiya ma’lumotlarini media - shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki 
signazizatsiyani H.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. 
Yuqorida keltirilgan media - shlyuz masofadan kira olish, 
marshrutlash, tarmoqning virtual qismlar, TCP/IP trafikni filtrlash va 
boshqalar uchun funksionallikni kiritish mumkin. 
Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat 
qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq 
uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi va xabarni 
media - shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga 
IP orqali uzatadi. 
Media - shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media - 
shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Media - shlyuz orqali 
xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. 
Quyida keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha elementlarni 
o‘z ichiga olgan NGN tarmog‘iga misol keltirilgan (7.5- rasm). 
Yuqorida keltirilgan NGN tarmog‘ining elementlari bilan bir qatorda 
quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: 
H.323 standarti bo‘yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli 
tarmoq- larda tor yo‘lakli audio/video telefon xizmatlarini quvvatlash va 
ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan H.323 tarmoqli qurilma. 
H.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: Tarmoqning oxirgi nuqtasini 


231 
o‘z ichiga oladigan terminal. H.323 terminallari bo‘lib, tegishli dasturiy 
ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va H.323 standartini quvvatlaydigan 
IP telefonlar hisoblanadi. 
H.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar 
tomonida H.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini 
ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, 
kommunikasiya 
protseduralari, 
audio/video 
kodeklarni 
oladi 
va 
bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi. 
H.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda 
foyda- laniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini 
ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga u o‘tkazish yo‘laksini 
boshqaradi, masalan, tarmoq band bo‘lganda seanslar o‘tkazilishini 
cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo‘lishi mumkin, 
masalan, terminal, shlyuz yoki ko‘p protokolli kontroller. 
7.5- rasm. Keyingi avlod tarmog‘iga misol 
Ko‘p nuqtali boshqarish bloki (MCU) – H.323 uch yoki undan ortiq 
oxirgi nuqtalarining ko‘p nuqtali kommunikatsiyasi (konferensiyasi) 
quvvatlanishini 
ta’minlaydigan 
qurilmadir. 
MCU 
bloklari 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin