3
SO’Z BOSHI
Hozirgi paytda telekommunikatsiya
texnologiyalarining jadal
sur’atlarda rivojlanishi va texnikaning bir avlodidan ikkinchisiga o’tish
davrining
yildan
yilga
qisqarishi
kuzatilmoqda.
Respublikamiz
mustaqillikka erishgandan so’ng telekommunikatsiya tarmoqlarini jahon
standartlari asosida rekonstruktsiyalash va rivojlantirish ishlarini tubdan
jadallashtirishga talab kundan kun oshib bormoqda.
Shu bilan birga
qo’yilgan talablarni bajarish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayon
Respublikamiz
telekommunikatsiya
tarmog’iga
katta
hajmdagi
investitsiyalarni kiritish va tarmoqni yangi texnika va texnologiyalar
asosida qayta qurishga olib keldi. Sarflangan xarajatlarni qoplash va bu
murakkab texnika vositalarining uzluksiz
va samarali ishlashini
ta’minlashning asosiy omillaridan biri telekommunikatsiya sohasida
xizmat
qilayotgan
mutaxassislarning
malakasidir.
Shu
sababli
telekommunikatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning
malakasini doimiy ravishda oshirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan
ustuvor masalalardan biridir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko’rsatib o’tilganidek,
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash
asosida yagona axborot
makonini yaratish Respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirishning
asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan masalani echishda telekommunikatsiya
sohasidagi
adabiyotlar, xususan davlat tilida tayyorlangan o’quv va ilmiy
texnik adabiyotlarning mavjudligi katta o’rin egallaydi.
«Kommutatsiya tizimlari» o’quv qo‘llanma Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari
fakulteti
bakalavr talabalari
uchun mo‘ljallangan. O’quv qo’llanma yetti
bo’limdan iborat. O‘quv qo‘llanmada kommutatsiya tizimlarida signalni
uzatish
tamoyillari, kommutatsiya tizimining umumiy tuzilishi, raqamli
kommutatsiya
tamoyillari,
signalizatsiya,
boshqarish
va
raqamli
kommutatsiya tizimini amaliyotga tadbiq etish tamoyillari keltirilgan.
Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llanilayotgan
raqamli kommutatsiya tizimi, ya’ni C&C08 ning texnik tavsifi, funksional
sxemasi, konfiguratsiyasi va chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish
jarayonlari
keng yoritilgan. O‘quv qo‘llanmaning yakunida keyingi avlod tarmog‘i
(NGN
-Next Generation Networks
) ning tuzilishi, uning elementlari va
tarmoqqa qo‘llash zaruriyatlari keltirilgan.