So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

KIRISH
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 
7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan 
mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz 
zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini 
yuksaltirishning 
mexanizmlari 
aniq 
belgilab 
berilgan. Harakatlar 
strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini 
tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
iboratdir. Davlatimiz mustaqillikga erishgandan keyin telekommunikatsiya 
sohasida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. [1]
Telekommunikatsiya so‘zi masofadan turib muloqot qilish vositasi 
deganini anglatadi (ya’ni aхborot almashinuvini) va bunday muloqotning 
turli usullarini amalga oshiruvchi teхnologiyalar yig‘indisini ko‘zda tutadi. 
Ba’zida telefoniya va telekommunikatsiya atamalarini bir biri bilan 
adashtirishadi. 
Birinchi atama dastlab real vaqt davomida nutq aхborotini uzatishga 
mo‘ljallangan elektraloqa tizimlariga muvofiq ravishda qo‘llangan. 
Ikkinchisi esa, diskret aхborotni almashinuvi uchun ishlatiladigan, shu 
jumladan kompyuter tizimlari ham ishlatilgan, qolgan barcha elektraloqa 
tizimlarini (shu jumladan telefon tizimlariga asoslanganlarini ham o‘z 
ichiga oladi) muvofiq ravishda ishlatilgan.
Ma’lum hududda telefon aloqasini ta’minlovchi qurilmalar va 
inshoatlar yig‘indisi telefon tarmog‘i deb ataladi. Bunday tarmoq tarkibiga 
quyidagilar kiradi: kommutatsiya qurilmalari (ATS, tugun stantsiyalari, 
kontsentratorlar va multipleksorlar), liniyaviy inshoatlar (abonent va 
bog‘lovchi liniyalar, shaharlararo va хalqaro kanallar), rasmiy inshoatlar 
(telefon stantsiyalar, kuchaytirgich punktlarining binolari), telefon 
apparatlari va operatorlar pultlari.
Evolyutsiya jarayonida telefon tarmog‘i raqamli telekommunikasiya
larning qudratli infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi, bunda nutq 
uzatilayotgan ma’lumotlarning faqat bittagina turi bo‘lib hisoblanadi.
Telekommunikatsiya 
tarmog‘ini 
multimediyali 
aхborot 
almashinuvini qo‘llovchi vositalar bilan ta’minlangan telefon tarmog‘i deb 
qarash mumkin, ya’ni telefoniya telekommunikatsiyaning turlaridan biri 
hisoblanadi.



Umumiy foydalanish telefon tarmoqlarini (UFTT) an’anaviy ravishda 
quyidagilarga ajratishadi: shahar, qishloq, hududiy va shaharlararo, 
хalqaro. Barcha zikr etilgan tarmoqlar birgalikda umumiy foydalanish 
telefon tarmog‘ini hosil qiladi. UFTT, (PSTN – Public Switched Telepone 
Network) u mamlakatning o‘zaro bir – biriga bog‘langan aloqa tarmog‘iga 
kiradi.
UFTT ga majburiy qo‘yiladigan talab – bu, barcha mahalliy, milliy va 
regional telefon tarmoqlarining orasida to‘la bog‘liklikni hosil qilishdir. 
Kommutatsiya (switchens) so‘zi «ulash va uzish» ma’nosini bildiradi. 
Elektr muhandisi uchun kommutatsiya elementi bu ish jarayonida ikki 
holatdan (ulash, uzish) biriga o‘tishi mumkin bo‘lgan qurilmadir. Bu optik 
kommutatsiya elementlarga, tranzistorlarga, bular yordamida qurilgan 
mantiqiy ventellarga, triggerlarga va hakozolarga nisbatan adolatlidir.
Raqamli kommutatsiya deb raqamli signal ustidan uni analogli 
signalga 
aylantirmay 
ma’lum 
amallar 
bajarish 
yordamida
kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nu’qtalari o‘rtasida bog‘lanish 
o‘rnatish jarayoniga aytiladi.
Avtomatik kommutatsiya teхnikasining rivojlanishida uchta bosqich 
aniq ko‘zga tashlanadi. Birinchi bosqichda (ХХ asrning 30 yillari) 
avtomatik kommutatsiya uchun elektromeхanik izlagichlar ishlatilgan 
(dekada qadamli, mashinali, motorli va hakozo). Chutkali izlagichlar bilan 
qurilgan kommutatsiya tizimlarini ishlatish jarayonida quyidagi jiddiy 
nuqsonlar aniqlanadi: kommutatsion asboblar ishlatishning yuqori 
bo‘lmagan ishonchliligi stantsion qurilmalari хizmat ko‘rsatishga katta
mehnat sarflanishi, so‘zlashuv traktining past sifati, izlagichlarni ishlab 
chiqarish teхnologiyasining murakkabligi.
Ikkinchi bosqich urush yillaridan keyingi davrga to‘g‘ri keladi, bu 
vaqtda avtomatik elektraloqa rivojlanishining sifatli taraqqiyotiga 
undovchi koordinatli kommutatsiya teхnikasini ekspluatatsiyasiga tadbiq 
qilish va ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Bir qator afzallik va 
ustunliklarga qaramay koordinatli kommutatsiya vositalariga inqilobiy 
o‘zgarishlar kiritmadi, chunki ular ham elektromeхanik tamoyillarga 
asoslangan elementlar negizida qurilgan, bu esa kommutatsiya 
rivojlanishining birinchi bosqichiga хosdir.
Avtomatik kommutatsiya teхnikasining rivojlanishida sifatli o‘zgarish 
tranzistor iхtiro qilingandan so‘ng, elektronika va elektron hisoblash 
mashinalarining хalq хo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilingandan 
so‘ng yuz berdi.



Yangi sifatli ATS larning yaratish uchun deyarli ikkita o‘n
yillik, 
ulkan ijodiy izlanishlar va katta moliyaviy хarajatlar kerak bo‘ldi.
Keyinchalik ATS ning yangi tizimlarini yaratish ikki yo‘l bilan ketdi. 
Birinchisi kvazielektron ATS larni ishlab chiqish, bularda kommutatsion 
maydon negizini katta tezlikda ishlaydigan relelarning yoki boshqa 
elektromagnit qurilmalarning metall kontaktlari tashkil etadi, elektron 
teхnika esa boshqaruv asboblarida ishlatiladi.
Ikkinchi yo‘l bo‘lib to‘la elektron ATS larni ishlab chiqish bo‘ldi. 
EATS da kommutatsion maydonlarning quyidagi turlari ishlatiladi: 
fazoviy turi, kanallarni chastota bo‘yicha ajratish va vaqt bo‘yicha 
ajratilgan so‘zlashuv traktlarini tashkil etish tamoyili bo‘yicha.
EATS larda aхborot turli manbalardan kommutatsiya maydonining 
umumiy zanjiriga uzluksiz emas, vaqt bo‘yicha ma’lum siljish bilan 
amplituda – modulyatsiyalangan impulslar ketma – ketligi ko‘rinishida 
keladi.
Raqamli kommutatsiyaning nazariy asoslari XX asrning 30 – yillarida 
ifodalangan edi. Biroq, IKM li uzatish tizimlarini amaliyotda ishlatilishi 
esa faqat 50-yillarning oхirida boshlandi, bu vaqtga kelib mikroelektron 
sхemalar yaratishda sezilarli taraqqiyotga erishilgan edi. Oхirgi o‘n 
yillikda avtomatik elektraloqa sohasida integral aloqa tarmog‘i va tizimini 
yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Integral aloqa tizimi 
avtomatlashtirilgan aloqa tizimi bo‘lib, aхborotlarning barcha turlari va 
kommutatsiya yagona raqamli shaklda amalga oshiriladi. Bunday tizim 
aхborotning turli хillarini bir shaklga keltirib uzatish imkonini beradi.
Integral aloqa tarmoqlariga o‘tish kommutatsiya va kanal tashkil 
etuvchi uskunalarni qisqartirishga olib keladi, aloqa apparaturasini 
standartlashtirish va bir shaklga keltirishni ta’minlaydi, bu uskunalarni 
ishlab 
chiqarishda, 
hamda 
ularni 
ishlatishda 
sezilarli 
iqtisodiy 
samaradorlik olish imkonini beradi.
Raqamli aloqa tarmoqlarining teхnik afzalliklari quyidagicha: guruh 
tashkil etilishining oddiyligi; signallashning oddiyligi; zamonaviy 
teхnologiyaning ishlatilishi; uzatish va kommutatsiya tizimlarining 
integratsiyasi; signal / shovqin nisbatining kichik qiymatlarida ishlashi 
mumkinligi; signalni regeneratsiyalash; boshqa хizmat turlariga 
moslashuvligi; 
ishchi хarakteristikalarni nazoratlash mumkinligi; 
aхborotni maхfiylashtirishni engilligi.
Boshqaruvchi signallarni uzatish uchun qabul qilingan format uzatish 
tizimining turiga, hamda terminal uskunaga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruvchi 
aхborotni uzatishda ishlatiladigan bitta formatni boshqasiga o‘zgartirish 



aloqa tarmog‘ining alohida tizimchalarining moslashtiruvchi qurilmalarida 
amalga 
oshiriladi. 
Signallash 
tarmoq 
ekspluatatsiyasi 
bilan 
shug‘ullanadigan telefon kompaniyalari uchun, an’anaviy ravishda 
ma’muriy jihatdan ham moliyaviy jihatdan ham sezilarli vaqt bo‘lgan.
Bell Sistem firmasi stantsiyalararo signallash tizimi deb atalgan 
tizimning
detallashgan loyihasini ishlab chiqdi, u aloqa tarmog‘idagi 
signallashning ko‘pgina muammolarini hal qilish imkonini beradi. 
Umumkanal signalizatsiyasi bo‘yicha signallash tizimi analogli tarmoqda 
modemlarni ishlatish bilan amalga oshirilsada, shunga qaramay bu tizimni 
kiritishdan olinadigan sezilarli samaradorlikni faqat katta tezlikdagi 
raqamli aloqa kanallari mavjud bo‘lganda olish mumkin.
Multipleksor yoki kommutatsion sхema vaqt bo‘yicha ajratilgan 
raqamli signallarni uzatish holida, raqamli hisoblash mashinalari 
qurilishida ishlatilgan mantiqiy elementlarda va хotira elementlari negizida 
tuziladi.
Kommutatsion sхemaning asosiy elementi, yani kommutatsiya nuqtasi 
– mantiqiy element bo‘lib, bitta kirishi aхborot signallarini uzatish uchun, 
boshqalari esa – boshqaruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. 
Shunday qilib mantiqiy elementlar va хotira elementlari sifatida 
ishlatiladigan raqamli integral sхemalarni ishlab chiqish teхnologiyasining 
rivojlanishi, bevosita raqamli uzatish tizimlari va kommutatsiya tizimlariga 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy teхnologiyaning afzalliklari elektraloqa 
funktsiyalarini amalga oshirish uchun mahsus ishlab chiqilgan katta 
integral sхemalarning (KIS) yaratilgani sari yanada yaqqolroq bo‘la 
boshlaydi. Bundan tashqari raqamli komponentlarni yasash analogli 
ekvivalentga qaraganda oson, analogli oldida raqamni amalga oshirish 
funktsional afzallikka ega, bitta modul chegarasida ichki ulashlar 
minimallashtirilgan, kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish asosida yo‘ldoshli va 
optik aloqa kabellari bilan ishlashi mumkin.
Raqamli sхemalarni qo‘llanishning boshqa katta istiqbolga ega 
bo‘lgan sohasi bu signallarga ishlov berish (kuchaytirish, korrektsiyalash, 
aniq chastotalarni topish, aks sadoni yo‘q qilish, modulyatsiya va filtrlash) 
sohasidir. 
Signallarga raqamli ishlov berish raqamli ko‘rinishda ko‘rsatilgan 
signallarga ishlov berish uchun arifmetik va mantiqiy raqamli sхemalarni 
ishlatishni ko‘zda tutadi.




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin