2. 1§ Axborot texnologiyalarining usul va vositalari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə1/10
tarix30.01.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#81784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

2.1§ Axborot texnologiyalarining usul va vositalari.


2.2§ Axborot texnologiyalari asosida fizika darslarini tashkil etish uslubi
2.3§ Fizika darslarini o’qitish jarayonida axborot texnologiyalari
vositalaridan foydalanish
2.4§ Qo’yilgan laboratoriya ishlari va olingan natijalar
Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Foydalanilgan adabiyotlar . . . . . . . . . . . . . . . . .

KIRISH


Mamlakatimizda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli chora tadbirlari berilgan jaxon moliyaviy inqirozini oqibatlari ta’sirini har tomonlama hisobga olish, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar nuqtaiy nazaridan shakllantirish va ularni izchil amalga oshirish davr talabidir. Bu borada chora tadbirlar O’zbekiston Respublikasi prizidenti I.A. Karimov “Jahon moliyaviy inqirozi” nomli asarida keltirilgan. O’zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda qabul qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmoni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohasini axborotlashtirishga asos yaratdi.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini yaratish alohida ta’kidlab o’tilgan. Unda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida rivojlanib borishi belgilangan [Kadrlar tayyorlash milliy dasturi].
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlarida barkamol avlodni shakllantirish bo’yicha aniq vazifalar qo’yilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)da - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy, moddiy shart-sharoitlar yaratish hamda, eng muhimi zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash nazarda tutilgan edi.
Jahonda masofaviy o’qitish ochiq ta’lim tizimining muhim bo’g’ini sifatida keng qo’llanishi kuzatilmoqda. Axborot texnologiyalari va INTERNETdan ta’limda foydalanish ta’lim sifatini yanada yuqori ko’tarishga zamin yaratadi. Zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yoshlarni tayyorlash «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dan kelib chiqadigan vazifalarning asosiy maqsadidir. Bunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash manbai - oliy ta’lim oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo’yadi.
Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, davlat standartlari asosida o’quv dasturlari yangidan tuzilmoqda. Bularning barchasi, o’z navbatida fanlarni o’qitish metodikalarini qaytadan qarab chiqilishini talab etadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin