IQRO JURNALI / 2023 VOL – 1 ,ISSUE – 2 GUVOHNOMA № 060680 https://wordlyknowledge.uz/
innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar
transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap
akselerator, inkubator) tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-
quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional
mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash;
yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʻoyadan
yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga
boʻlgan talabni ragʻbatlantirish;
yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini
shakllantirish;
taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik
va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida
inson kapitalini yanada rivojlantirish.
Bundan tashqari, innovatsion faoliyat subyektlari (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari) sonini 613 tadan 2 250 tagacha yetkazish, innovatsion infratuzilma subyektlari sonini 3 baravarga oshirish, innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari sonini 4 baravarga oshirish maqsad qilingan. Shuningdek:
ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion
ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish;
innovatsion markazlar sonini 494 tagacha yetkazish;
texnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari sonini
600 tagacha yetkazish;
hududlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar sonini 384 tagacha oshirish;