IQRO JURNALI / 2023 VOL – 1 ,ISSUE – 2 GUVOHNOMA № 060680 https://wordlyknowledge.uz/
hududlarda yillik roʻyxatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazish;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion
va texnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirish;
innovatsion startaplar sonini 1 437 tagacha yetkazish koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.
Strategiya Oʻzbekistonni Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 56 ta ilgʻor
mamlakati qatoriga kirishini bosh maqsad qilgan.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Ayrim mualliflarning fikricha, an’anaviy iqtisodiyot ham, boshqa asosda
rivojlanayotgan yangi iqtisodiyot ham mavjud. Bizning fikrimizcha, bu ikki modelni
qaramaqarshi qo‘ymasdan ikkalasining ijobiy tomonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi, chunki an’anaviy iqtisodiyot zamirida yangisi asta-sekin rivojlanib borishini
namoyish etadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning
ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
— korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada
jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;
— eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh
bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni
rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish;
— ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish
hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish;
— elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish
va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;