IQRO JURNALI / 2023 VOL – 1 ,ISSUE – 2 GUVOHNOMA № 060680 https://wordlyknowledge.uz/ Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez
moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o‘tishini
ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o‘z faoliyatlarini tor
ishlab chiqarish dasturlariga, ilg’or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan
mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida – tadbirkorlik faoliyati
sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik sub'yektlarini ishbilarmonlik
muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy
hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat
nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish
Xulosa va takliflar. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni
va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab,
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz
yuksak samaradorlikni ta’minlab bo‘lmaydi;
bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib olish qobiliyatiga
ega ekanligi bilan ajralib turadi;
iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga qodir
bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan
sarmoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi.
Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining
kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish
imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishi imkoniyatlarini yaratadi: