Mashinalarni TXK ga qo‘yishni boshqarish
. Mashinalarni TXK ga
qo‘yishni boshqarish bir qancha usullarda olib boriladi: talonlar, jetonlar,
227
limitli-zaborlar jurnali va xizmat ko‘rsatish daftarchasi yordamida va
yonilg‘ini sarfini avtomatik ravishda hisoga olish bilan.
Talonlar bilan boshqarishda
nazorat xujjati vositasini yonilg‘i
sarflash jurnali bajaradi. Har bir traktor rusumiga qarab, limit bo‘yicha,
TXK rejasi bilan keying rejadagi TXK gacha yonilg‘i beriladi. Agarda
yonilg‘I berish limiti tugab qolsa, unda navbatdagi TXK gacha yonilg‘i
berish to‘xtatiladi. Navbatdagi TXK ishlari bajarilganidan so‘ng yonilg‘iga
talon berish yana davom ettiriladi.
Boshqarishni jetonlar bilan boshqarish
xo‘jaliklarda keng tarqalgan
usul bo‘lib, traktorlar ko‘char maxsus otriyadlar yoki komplekslar
tarkibida ish faoliyatini yuritadi.
TXK ishlari bajarilganidan so‘ng traktorist metal yoki plastmassadan
tayyorlangan jeton oladi, uning miqdori navbatdagi TXK davrigacha etadi.
Yonilg‘I quyuvchi yonilg‘ini jetonga almashtiradi. Jetonlarni saqlash va
qo‘llash talonlarga nisbatan ancha qulay bo‘lganligi uchun ularni bir-necha
maroraba qo‘llash mumkin.
Limitli-zabor jurnali yordamida
boshqarish, 16 ta tartib raqamga ega
yonilg‘i quyish vedomostlari bilan belgilangan TXK nariyadlari va
vedomostlari, ularda traktorning rusumi va tartib raqami, TXK
oraliqlaridagi yonilg‘ining sarflash limiti, raqamli TXK ishlarini bajarish
ketma-ketligi keltiriladi. Yonilg‘ini quyish vedomosti yonilg‘i quyuvchida
saqlanadi. Vedomostda quyilgan yonilg‘ining hajmi va barcha quyilgan
yonilg‘ilarning miqdori keltiriladi. Agarda yonilg‘ining sarfi mo‘ljallangan
miqdordan ortadigan bo‘lsa u holda yonilg‘i quyishni, navbatdagi TXK
gacha to‘xtatiladi. TXK nariyadida yonilg‘i quyuvchi quyilgan yonig‘i
miqdorini yozib qo‘yadi va traktorchiga beradi.
Xizmat ko‘rsatish daftarchasi yordamida boshqarish
asosan
TTXKS larida yuqori quvvatga ega traktorlar uchun qo‘llaniladi. Bu
daftarchada traktor to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, TXK bajariladigan
ishlar, TXK talonlari, TXK rejaviy-grafik shakli va bosh. Keltiriladi.
Navbatdagi TXK turi bajarilganidan so‘ng sozlovchi-usta trktorchi bilan
daftarchaning yirtiladigan qismiga traktorni ishlagan vaqti va bajarilgan
TXK bo‘yicha ma’lumotlar kiritadi. Bu navbatdagi TXK gacha yonilg‘i
berishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Avtomatik ravishda yonilg‘i quyish bilan boshqarish quyish
shaxobchasida avtomatlashtirilgan ОЗ-18008 rusumidagi yonilg‘i quyish
qurilmasi bo‘lgan holda qo‘llaniladi. Qurilma yordamida yonilg‘i
avtomatik ravishda quyiladi va agarda navbatdagi TXK amalga
228
oshirilmasa
avtomatik
ravishda
to‘xtatiladi.
Navbatdagi
TXK
bajarilganidan so‘ng operator bu haqda kompyuterga ma’lumot kiritadi va
yonilg‘ini quyish navbatdagi TXK gugacha davom etadi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan bazi zamonaviy traktor va
kombayinlarda o‘z vaqtida TXK ishlari bajarilmasa, u holda ertalab ish
boshlanishidan avval traktorning dvigatelini ishga tushirib bo‘lmaydi va bu
navbatdagi TXK ishi bajarulguncha davon etadi.
Odatda avtomobillarga TXK rejalash va tashkil qilish uning bisib
o‘tgan yo‘l hajmiga qarab amalga oshiriladi.
1-TXK va 2-TXK ishlarini calendar bo‘yicha tashkil qilish
avtomobillar bir hil turdagi ishlarni bajaradigan bo‘lsa, kunlik meyorlarda
sezilarsiz o‘zgarishlar ro‘y beradigan bo‘lsa va kunlik bekor turib
qolishlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
Avtomobillarga TXK qishloq xo‘jaligi korxonalarining yoki
tashkilotlarining garajlarda, ATXKS larida, maxsus avtotransport
korxonalarida ATK bajariladi. TXK va ta’mirlash ishlarini bajarishda
albatta maxalliy sharoitlar hisobga olinadi.
Kundalik xizmat ko‘rsatish jarayoniyuqori murakkablikka ega
bo‘lmagan nazorat, tozalash, yuvish, moylash va yonilg‘I quyish ishlaridan
tashkil topadi.ishlarni tashkil qilish avtomobillarni xafsiz xarakatlanishida
228ata o‘rin tutadi, bu uning xafsiz xarakatlanishiga bog‘liq qismlariga
tasir ko‘rsatadi.
Avtomobillarning texnik holatiga javobgarlikni ortirish maqsadida,
har bir avtomobilni KTXK ga nazorat haydovchidan tashqari mexanik va
ustalar tomonidan, nazorat punktida ham amalga oshiriladi. KTXK da
bajariladigan ishlarga mexnat sarfi yuvish-tozalash ishlari hisobidan olib
boriladi.
Yuvish-tozalash ishlari bajarilganidan so‘ng, yoki ko‘pchlik hollarda
mashina garajga qaytganidan so‘ng uni haydovchi saqlash hdudiga
qo‘yadi. Saqlash hdudiga mashina qiyinchiliksiz, ortiqcha haraketlarni
amalga oshirmay qo‘yilishi kerak, bundan tashqari saqlash joyi bir qancha
saqlash talablarga javob berishi lozim, u erda avtomobil dvigateli engil va
qulay ishga tushirilishi va tez qbzishi, ishchi haroratni egallashi kerak.
Atrof muxitning va ob-havoning ta’siri natijasida avtomobillarning KTXK
va ularni harakatga keltirish bir qancha nosozliklarni yuzaga keltirishi
mumkin, bularning natijasida sovitish tizimi, moylash tizimiga suyuqlik
yoki moy quyish talab etilishi, hatto shinalarga dam berish lozimligi ham
yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli mashinalarni saqlash yoki KTXK
229
hdydida moy va sovitish suyuqligi quyiladigan qurilmalar va muqim
siqilgan havo uzatish tarmog‘I bo‘lishi tlab etiladi.
KTXK hdudidagi ishlarni ishchilar orasida to‘g‘ri tashkil qilish
quydagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim: mashina kuzovini,
kabina va salonni tozalash; tashqi yuzasini yuvish; kuzovni artish; sovitish
suyuqligi va may quyish.
Mashinalar 1-TXK va 2-TXK hdudlariga ma’lum uzunlikdagi yolni
bosib o‘tganidan so‘ng TXK uchun qabul qilinadi.
Mashinalar parkidagi avtomobillarning texnik tayyorgarligini to‘liq
taminlash uchun TXK hdudlaridagi ishchilar har bir TXK dagi ishlarni
to‘liq va sifatli bajarishi talab etiladi. Rejadagi kundalik TXK ishlarini
to‘g‘ri rejalashtirilganda har bir bajariladigan 1-TXK va 2-TXK ishlarini
bajarishda hatoliklarga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Har bir TXK ishlari
nazorat va bajarilish qismlaridan tashkil topadi, ko‘pchilik holatlarda
bajariladigan ancha mexnat talab qiladigan ishlar faqatgina talab
asosidagina bajarilishi mumkin, hatto ko‘p hollarda ular bajarilmaydi.
Demak TXK hdudida har bir avtomobilga xizmat ko‘rsatish ishlari
rejalashtirilgan, lekin ularni bajarish hajmi va sifat ko‘rsatkichlari
bajaruxchilarga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi soxalarida uch yo‘nalishdagi avtomobillarga TXK
firmali tashkil qilish usullari qo‘llanishi mumkin:
avtomobillarga TXK to‘liq qishloq xo‘jaligi korxonasida
bajariladi. Bunday hollarda har bir xo‘jalik zarur bo‘lgan bino, jihoz,
malakali ishchi kuchi va moddiy ta’minot vositalariga ega bo‘lishi kerak;
avtomobillarga TXK to‘liq ATXKS larida bajariladi. Odatda
xo‘jaliklar asosan yopiq saqlash maydonlari yoki qisman ochiq saqlash
maydonlariga ega bo‘lib, bu maydonlarda KTXK ishlari bajariladi. Bu
avtomobillarga ancha rivojlangan TXK shakli hisoblanadi, bu
maxsuslashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori unumli
jihozlarni va diagnostikalash vositalarini, potokli ishlab chiqarish usulini
qo‘llashga asoslangan;
avtomobil xo‘jaliklari va ATXKS lari birgalikda TXK va JT
ishlarida ishtirok etadi va bajariladigan vazifalarni o‘z oro taqsimlab oladi.
Bunday holatlarda murakkabligi yuqori bo‘lmagan ishlar (1-TXK)
xo‘jaliklarda bajariladi, maxsus jihozlar va malakali mutaxasislar talab
qiladigan ishlar (2-TXK) esa – ATXKS larida bajariladi.
TXK ishlarini tashkil qilish, ishlab chiqarish dasturini bajarishga
mo‘ljallangan, har bir bajariladigan texnologik ishlarning bajarilishiga,
230
bajariladigan ishlarni ishchi postlar bo‘yicha ish joylarini soxaga
moslanganligiga va mexanizatsiyalangan, ishchi postlar va joylarni soniga
bog‘liq bo‘ladi.
TXK ishlarini ikki turdagi ish joylarida tashkil qilish mumkin:
universal va maxsuslashtirilgan postlarda.
Avtomobillarga TXK universal postlarda bajarish usulida barcha
ishlar bir ish joyida bir guruh bilan amalga oshiriladi, bu guruhda barcha
soxa hodimlari (chilangarlar, moylovchilar, elektriklar) yoki universal
ishchilar mavjud bo‘ladi.
Bu va boshqa usyllarda bajaruvchilar o‘zi bajaradigan ishni ma’lum
texnologik ketma-ketlik asosida bajaradi.
TXK postlari berk (tupikli) yoki o‘tuvchan ko‘rinishlarda
tayyorlanadi. Ko‘p holatlarda berk ko‘rinishida tayyorlangan postlarda 1-
TXK va 2-TXK ishlari amalga oshiriladi, o‘tuvchan – postlar esa KTXK
va uzunligi berk postlarga sig‘maydigan avtomobillarga TXK uchun
qo‘llaniladi. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanish, bir kunda
bajarilgan TXK ishlarining hajmi, rejadagi dastur bo‘yicha TXK
ishlarining hajmiga teng bo‘lishi kerak.
Bu usulni qo‘llashdan abzalligi shundaki, TXK universal postlarida
bir hil bo‘lmagan ishlarni bajarish imkoniyati mavjuddir. Masalan, turli
rusumdagi avtomobillarga JT jarayoni bajarilayotgan postlarda TXK
ishlarini ham qo‘shimcha tayyorgarlik ko‘rmasdan amalga oshirish
mumkin; bularga turli TXK postlarida avtomobil bajariladigan ishni to‘liq
bajarilguncha qolishi mumkinligi kiradi.
Berk usulning kamchiligiga berk postlarga avtomobilni qo‘yish va u
erdan chiqarib olishga ko‘p vaqt sarflanishi kiradi; avtomobillarni kirish va
chiqish vaqtida atrof muxitni chiqarib yuborilayotgan gazlardan ifloslanish
darajasi yuqoriligi; bir turdagi jihozlarni bir necha postlarda qaytarilishi;
universal ustalarning malakasi yuqori bo‘lishi va ularga moliyaviy
harajatning yuqoriligi kiradi.
Dostları ilə paylaş: |