9.5. Yuk joʻnatuvchi va qabul etuvchi punktlar
111
Yuklar yigʻiluvchi punktlar yuk
hosil qiluvchi
, ularni qabul etuvchi
punktlar yuk
qabul qiluvchi
punktlar deb ataladi.
Yuk hosil etuvchi punktdan joʻnatilgan yuk miqdori, ayni punktning
joʻnatish boʻyicha yuk aylanmasini xarakterlaydi. Yuk qabul etuvchi
punktga keltirilgan yuk miqdori, ayni punktni mahsulot qabul etish
boʻyicha yuk oborotini xarakterlaydi.
Asosiy yuk yigʻiluvchi va qabul etiluvchi punktlarga sanoat
korxonalari, qishloqlarda jamoa va fermer xoʻjaliklari, tayyorlov
punktlari, konlar, temir yoʻl bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish
maydonlari, karerlar, moddiy- texnika ta‗minoti baza va omborlari,
doʻkon va shu kabilar kiradi.
Yuk joʻnatuvchi va ularni qabul etuvchi puntlar, ular oʻrtasidagi
transport aloqalari ishlab chiqariluvchi hamda iste‗mol etuvchi korxona
va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy ahamiyati, mahsulot almashuv
shahobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi hamda barcha
turdagi transportlar ortish-tushirish punktlari joylashuvi bilan
chambarchas bogʻliqdir.
9.6. Mahsulotlani yetkazib berish tizimlari
Yuklarni tashishda dunyo amaliyotida qоʻllaniladigan asosiy
atamalar.
Transportda tashish
- Yevropa Konferensiyasida tavsiya qilingan
bоʻlib, magistral yоʻlda tashishni tashkil qilganlar tomonidan
ishlatiladigan atama va tushunchalarni оʻz ichiga oladi. Ularga
quyidagilar kiradi: unimodal (bir turdagi), aralash yuklarni tashish,
multimodal va intermodal tashishlar.
Unimodal tashish
bir turdagi transportda amalga oshiriladi. Odatda,
transportirovkaning boshlangʻich va oxirgi punktlari berilgan bоʻlib,
logistika zanjirining oraliq operatsiyalari bоʻlgan omborlash va
yuklarni qayta ishlash operatsiyalarisiz bajariladi. Masalan, kоʻp
tonnali yuklarni jоʻnatishda va yukni yetkazishdagi oxirgi punktda
podyezd yоʻllari bоʻlsa temir yоʻl transportini, mayda partiyali yuklarni
qisqa masofaga jоʻnatishda esa avtomobil transportini qоʻllash
maqsadga muvofiqdir.
112
Aralash yuklarni tashish (intermodal)
ikki xil turdagi transportda
amalga oshiriladi. Bunda, yuk ishlov berish punktiga transportning
birinchi turi bilan yetkaziladi yoki saqlamaydigan yoki qisqa vaqt
saqlaydigan yuk terminaliga boshqa transport turiga оʻtkazish yоʻli bilan
olib boriladi.
Bir necha transport xujjatlarining mavjudligi, fraxtning yagona ta‘rif
stavkasining yоʻqligi aralash alohida tashishning belgilari hisoblanadi.
Tоʻgʻri aralash tashishda yuk egasi boshqa transport turi xizmatini
kоʻrsatayotgan birinchi tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Multimodal tashish
– yuk transportning bir turidan ikkinchi turiga
оʻtkazilib, yuklarni bir necha transport (kamida ikkita) turida tashishdir.
Masalan, Оʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya va
savdo-sotiq Vazirligining Buxoro terminalidan Buxoro-Olot-Chorjou-
Seraxs- Fors kоʻrfazidagi (Eron) Bender Abbas porti marshruti bоʻyicha
avtopoyezdlarda tashiladigan paxta tolasi, uni omborxonaga qоʻyish,
uni omborxonadan Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Avstraliyaga dengiz
orqali transportirovka qilish uchun kemaga yuklab tashish
multimodal tashishdir.
Ushbu tashish turi yukni bir turdagi transportdan boshqasiga
tоʻdalangan yoki yuk turiga bogʻliq holda qadoqlangan idishda
agʻdarishni kоʻzda tutadi. Multimodal tashishda yuk egasi bitta shaxs
(ekspeditorlik firmasi) bilan shartnoma tuzadi va u, ya‗ni
ekspeditorlik firmasi butun marshrut bоʻylab transportning har xil
turida harakatlanadi va yuk egasini boshqa transport korxonalari bilan
shartnoma ishlarini olib borishdan xolos etadi.
-―
Piggibek
‖ – temir yоʻl va avtomobil transportida aralash
tashishdir;
-
Yuguruvchi
shosse
‖ – pasaytirilgan polli temir yоʻl platformada
yuklangan avtomobillarni tashish;
-
Kuzatuvchi
bilan
tashish –avtomobil haydovchilari kuzatuvida,
yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan,
poyezd yoki paromda);
113
-
Kuzatuvchisiz
tashish - avtomobil haydovchilari kuzatuvisiz,
yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan,
poyezd yoki paromda);
-
Roll-on-roll- of
(―ro-ro‖) – temir yоʻl poyezdlaridagi ―
―Yuguruvchi shosse‖ dagidek gʻildirakli harakatlanuvchi tarkibni
kemalarda gorizontal yuklash usulida tashish.
- ―
Lo-lo
‖ – yiriklashtirilgan yuk birligini vertikal yuk kоʻtarish-
tushirish usulidan foydalanib, yuklash va tushirish.
Kabotaj
– bu bitta davlat ichida har xil aholi yashash punktlari
orasida yuklarni (yoki yоʻlovchilarni) ushbu davlatda rоʻyxatdan
оʻtmagan avtotransport vositasida tashishdir. Hozirgi vaqtda kabotaj
YAT(YES)ga a‗zo davlatlardan tashqari barcha davlatlarda (jumladan,
Оʻzbekiston Respublikasida) ta‗qiqlangan tashish usuli hisoblanadi.
Kabotaj tashishlarni bajarayotgan avtomobil vositalari vaqtincha qaysi
davlat hududida turgan bоʻlsa, оʻsha davlatning avtotransportga qоʻygan
talablariga, undan tashqari ushbu davlat hududida ishlayotgan ichki
peratorlarga nisbatan qоʻllaniladigan shartlarga mos kelishi kerak.
Kоʻrsatilgan shartlar quyidagilarga tegishli:
ogʻirlik va gabaritlar: YAT a‗zolari bоʻlgan davlatlarga mos
keluvchi
avtotransport vositalarida qоʻllaniladigani kabi;
aniq yuklarni tashish: jumladan, xavfli yuklar, tez buziladigan
oziq-ovqat;
mahsulotlari va yirik shoxli mollar;
haydovchilar ish kunining davomiyligi: xaydash va dam olish
davrlari;
tashish tariflari va shartlari: YAT a‗zolari bоʻlgan mamlakatda
qоʻllanilayotgan tashish shartlarining mosligi. Bir qator
hamdоʻstlik davlatlarining tashish shartlari qonun doirasida
aniqlanishi mumkin. Bu holatda zararni qoplash maqsadida
sugʻurta qilish zarur.
Bugungi kunda dunyo bozorida mahsulotlarni yetkazib berish
jarayoni bir qator ishlarni amalga oshirish jarayoni bilan bogʻliq bоʻlib,
bularga yuklarni samarali yetkazib berish kompleksi, yuklarni teng
114
taqsimlash operatsiyalari va xizmatlari kiradi. Transport-ekspeditorlik
korxonalari aynan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun mоʻljallangan.
9.1-jadval. Yuk tashish modellari
Dostları ilə paylaş: |